Jamiyat

Xorijdan oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarning 72% minimal ballni ham toʻplay olmadi – DTM

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
DTM bir yildan soʻng Oʻzbekistondagi OTMga kirgizib qoʻyishni vaʼda qilayotgan firmalarga ishonmaslikni va test sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrishni tavsiya qiladi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Davlat test markazi farzandini oʻqishini xorijdan Oʻzbekistonga koʻchirmoqchi boʻlgan ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
“Aslida, yoshlarning nufuzli xorijiy OTMlarda taʼlim olib, yetuk mutaxassis boʻlish orzusi juda yaxshi, lekin maqsad qanday qilib boʻlsa ham 1 yildan soʻng oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirib olish boʻladigan boʻlsa, bu - yaxshi holat emas, albatta”, - deb yozadi DTM.
Oʻzbekistonda soʻngi 2 yilda farzandini xorijiy OTMga oʻqishga kirgizib bir yildan soʻng Oʻzbekistonga koʻchirish holatini tez-tez uchratish mumkin. 2020 yilda bunday koʻchirishni imtihonsiz amalga oshirish mumkin boʻlgan boʻlsa, 2021 yilda bu tartib oʻzgardi.
Xususan, prezidentining 22 iyundagi qaroriga asosan - barcha talabalar imtihon topshirishi va OTM tomonidan belgilangan minimal oʻtish balini toʻplashi shart.
Ana shunday imthonlar 2021 yilda ilk bor, Davlat test markazi tomonidan oʻtkazildi va ularning natijalari taajubli boʻldi. Testda ishtirok etgan 85 261 nafar abituriyentlardan 72% minimal talabni ham bajara olishmadi.
Hozir koʻplab konsalting firmalar 1 yildan soʻng Oʻzbekistonga koʻchirib berish vaʼda qilinmoqda, lekin hech qaysi firma Oʻzbekistondagi OTMga kiritib qoʻyish kafolatini bera olmaydi.
Shuning uchun DTM bunday vaʼdalariga ishonmaslikni va oʻz bilimiga ishongan holda test sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrishni tavsiya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala