Rossiya

Zaxarova: AUKUS hamkorligi tuzilishi NATO uchun shok boʻldi

© MID RF / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del RF Mariya Zaxarova
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del RF Mariya Zaxarova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Rossiya TIV rasmiy vakili Avstraliya, Velikobritaniya va AQShning AUKUS hamkorligi nafaqat ularning dushmanlari, balki ittifoqdoshlari uchun ham katta kutilmagan holat boʻlganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Avstraliya, Velikobritaniya va AQShning xavfsizlik sohasida AUKUS hamkorligini tashkil etishi NATO uchun kutilmagan holat boʻldi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Solovyev Live” YouTube kanali efirida maʼlum qildi.
“Bu AQSH, Avstraliya va Britaniya oʻzini dushmani deb ataydiganlar, ularga qarshi doʻst boʻlmoqchi boʻlganlar uchun emas, balki ittifoqdoshlar va AQSH va Britaniya tarkibiga kiruvchi harbiy-siyosiy bloklar uchun mutlaqo kutilmagan holat boʻldi. (...) NATO uchun esa batamom kutilmagan holat, shok boʻldi”, - dedi Zaxarova.
U hozir bu hamkorlik atrofidagi vaziyat mutaxassislar tomonidan, ayniqcha, harbiy-strategik maslalar sohasida jiddiy diqqatni talab etishini qoʻshimcha qildi.
Sammit YES v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Dunyoda
Yevropa Ittifoqi AUKUS bilan hamkorlik qilishdan umidvor
Avstraliya, Velikobritaniya va AQSH 15 sentyabr kuni xavfsizli sohasida yangi hamkorlik – AUKUS tashkil etilganini eʼlon qildi. Bu hamkorlik doirasida Avstraliya tomoni, xususan, Amerika texnologiyalari asosida kamida sakkizta atom suvosti kemasi qurishni hamda oʻz qurolli kuchlarini AQShda ishlab chiqarilgan qanotli raketalar bilan qaytadan jizohlashni rejalashtirmoqda. Shu tufayli Kanberra Parij bilan oʻz tarixida eng yirik mudofaa shartnomasini bekor qildi. Parij bu xatti-harakatlarni ortdan urilgan pichoq deb atadi. 2016 yilda shartnoma bir tomonlama bekor qilingandan soʻng Frantsiya AQSH va Avstraliyadagi elchilarini zudli bilan maslahatlashish uchun chaqirtirib oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader