Dunyoda

Amerika kompaniyasi Polshada kichik yadroviy reaktorlar quradi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchintsevDobыcha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobыcha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Polsha koʻmirda ishlaydigan IESlar oʻrniga AQSH bilan hamkorlikda yadroviy reaktorlar qurishga qaror qildi.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Amerikaning NuScale Power LLC hamda Polshaning KGHM Polska Miedz kompaniyalari Polshada bir necha kichik quvvatli yadroviy reaktorlar qurishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bizning kelishuv mavjud koʻmirli turbinalarni zamonaviylashtirish hamda yangi, kichik quvvatli, har biri 77 MVt boʻlgan 1tadan 12tagacha modulli reaktorlar qurishni oʻz ichiga olgan”, - dedi KGHM kompaniyasi vakili.
Shartnomani uchta tomon imzolagan. Uchinchi tomon – energetika masalalarida konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi PBE Molecule Sp. z o. o. Sp. k. Kompaniyasi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu shartnoma boʻyicha dastlabki reaktorni 2029 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shartnomani imzolash marosimida davlat aktivlari vaziri oʻrinbosari Karol Rabenda Polshaga muqobil energiya manbaalari bilan bir qatorda barqaror energiya tizimlari ham kerak.
“Biz Polsha energetika tizimining transformatsiyasi arafasida turibmiz. Bu nafaqat chaqiriq, balkim iqtisodni rivojlantirish uchun yangi impuls ham boʻlishi mumkin. Biz muqobil energiya manbaalarini rivojlantirmoqdamiz, lekin yadroviy energetikasiz – barqarorlikka erisha olmaymiz. Shuning uchun biz ham muqobil ham yadroviy energetikani birga rivojlantiramiz”, - dedi Rabenda.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning iyul oyida Polsha hukumatining strategik energetika infratuzilma masalalari boʻyicha maʼsuli Petr Naimskiy – Polsha yadroviy energetikasiz kun koʻra olmaydi, 2033 yilga qadar mamlakatda umumiy quvvati 6-9 GVt boʻlgan 6ta atom energobloki quriladi, degan edi.
Maʼlumot uchun, ayni damda Polshada birorta ham AES yoʻq. 1980 yillarda "Jarnovets" nomli AES qurila boshlagan edi, lekin 1990 yilda uning qurilishi toʻxtatildi. Bugungi kunda Polshada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 70% koʻmir yonilgʻisi yordamida olinadi.
Soʻnggi vaqtlardan “Yashil energetika” shiori ostida yashayotgan Yevropa Ittifoqi ekologik jihatdan eng iflos yonilgʻi hisoblangan koʻmirdan keng foydalanayotgan Polshaga tanqidiy nazar bilan qaramoqda. Bir necha kun oldin Lyuksemburg sudi “Turov” shaxtasidan koʻmir qazib olishni qayta boshlagani sababli, Polshaga katta jarima solgan edi. Sud Varshavani koʻmir qazib olishni toʻxtatmaguncha har kuni 500 ming yevro toʻlashi haqida qaror chiqargan. Sabab – Polsha koʻmir qazib olishni kengaytirishi sababli chegaraning u tomoni Chexiya aholisining suv taʼminotiga zarar yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala