Amerika kompaniyasi Polshada kichik yadroviy reaktorlar quradi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevDobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
Polsha ko‘mirda ishlaydigan IESlar o‘rniga AQSh bilan hamkorlikda yadroviy reaktorlar qurishga qaror qildi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Amerikaning NuScale Power LLC hamda Polshaning KGHM Polska Miedz kompaniyalari Polshada bir necha kichik quvvatli yadroviy reaktorlar qurishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bizning kelishuv mavjud ko‘mirli turbinalarni zamonaviylashtirish hamda yangi, kichik quvvatli, har biri 77 MVt bo‘lgan 1tadan 12tagacha modulli reaktorlar qurishni o‘z ichiga olgan”, - dedi KGHM kompaniyasi vakili.
Shartnomani uchta tomon imzolagan. Uchinchi tomon – energetika masalalarida konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi PBE Molecule Sp. z o. o. Sp. k. Kompaniyasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu shartnoma bo‘yicha dastlabki reaktorni 2029-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shartnomani imzolash marosimida davlat aktivlari vaziri o‘rinbosari Karol Rabenda Polshaga muqobil energiya manbaalari bilan bir qatorda barqaror energiya tizimlari ham kerak.
“Biz Polsha energetika tizimining transformatsiyasi arafasida turibmiz. Bu nafaqat chaqiriq, balkim iqtisodni rivojlantirish uchun yangi impuls ham bo‘lishi mumkin. Biz muqobil energiya manbaalarini rivojlantirmoqdamiz, lekin yadroviy energetikasiz – barqarorlikka erisha olmaymiz. Shuning uchun biz ham muqobil ham yadroviy energetikani birga rivojlantiramiz”, - dedi Rabenda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning iyul oyida Polsha hukumatining strategik energetika infratuzilma masalalari bo‘yicha ma’suli Petr Naimskiy – Polsha yadroviy energetikasiz kun ko‘ra olmaydi, 2033-yilga qadar mamlakatda umumiy quvvati 6-9 GVt bo‘lgan 6ta atom energobloki quriladi, degan edi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Polshada birorta ham AES yo‘q. 1980-yillarda "Jarnoves" nomli AES qurila boshlagan edi, lekin 1990-yilda uning qurilishi to‘xtatildi. Bugungi kunda Polshada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 70% ko‘mir yonilg‘isi yordamida olinadi.
So‘nggi vaqtlardan “Yashil energetika” shiori ostida yashayotgan Yevropa Ittifoqi ekologik jihatdan eng iflos yonilg‘i hisoblangan ko‘mirdan keng foydalanayotgan Polshaga tanqidiy nazar bilan qaramoqda. Bir necha kun oldin Lyuksemburg sudi “Turov” shaxtasidan ko‘mir qazib olishni qayta boshlagani sababli, Polshaga katta jarima solgan edi. Sud Varshavani ko‘mir qazib olishni to‘xtatmaguncha har kuni 500 ming yevro to‘lashi haqida qaror chiqargan. Sabab – Polsha ko‘mir qazib olishni kengaytirishi sababli chegaraning u tomoni Chexiya aholisining suv ta’minotiga zarar yetgan.
Yangiliklar lentasi
0