BAAdan keltirilgan 15,3 mlrd so‘mlik parfumeriya vositalarining soxta tranziti fosh etildi

© Pexels / Karolina GrabowskaParfumeriya
Parfumeriya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
BAAdan yuk mashinasida keltirilayotgan, hujjatlarga ko‘ra 48 ming 341 dollar qiymatga ega salkam 26 tonna og‘irlikdagi parfumeriya vositalari "Olot" chegara-bojxona posti orqali respublika hududiga kirgan.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston Davlat bojxona xizmati xodimlari respublikadan tranzit tarzida olib o‘tilayotgan parfumeriya vositalarining mamlakat hududida tushirib qoldirib, noqonuniy ravishda ichki bozorga yo‘naltirishga bo‘lgan urinishni bartaraf etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, BAAdan yuk mashinasida keltirilayotgan, hujjatlarga ko‘ra 48 ming 341 dollar qiymatga ega salkam 26 tonna og‘irlikdagi parfumeriya vositalari Buxoro viloyati "Olot" chegara-bojxona posti orqali respublika hududiga kirgan. Tranzit tarzida harakatlanayotgan mazkur yuklar qo‘shni davlatga chiqishi uchun Farg‘ona viloyatidagi "O‘zbekiston" postiga yo‘naltirilgan.
Ammo tezkor ma’lumotlar asosida mazkur avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Angren shahri hududida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechiriladi. Natijada, avtomashinaga ortilgan parfumeriya vositalarining katta qismi yo‘l davomida tushirib qoldirilgani ma’lum bo‘lgan.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Farg‘onada "Mersedes"ni bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs nayrangi fosh etildi
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan so‘ng parfumeriya tovarlari poytaxtning Sergeli tumanidagi omborlardan biriga noqonuniy ravishda tushirib qoldirilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir natijasida sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 95 ming 577 dona parfumeriya vositasining yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. Qiymati salkam 15,3 milliard so‘mni tashkil qilayotgan mazkur tovarlarning egasi ham aniqlanib, ushbu shaxsga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0