Migratsiya

Bir guruh oʻzbekistonlik ishchilar ichkilikbozlik sabab Rossiyadan qaytarildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishStroitelnыe rabotы
Stroitelnыe rabotы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Rossiyaning Perm shahridagi qurilish obʼyektlarida ishlash uchun kelgan bir guruh oʻzbekistonliklar mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishmagan.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiyaning “Resurs+” korxonasi 47 nafar oʻzbekistonlik fuqarolar bilan mehnat shartnomalarini muddatdan oldin bekor qildi. Bunga ularning spirtli ichimliklarni ish joyida muntazam isteʼmol qilgani va mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarni buzganliklari sabab boʻlgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Agentlik xabariga koʻra, Rossiyaning Perm shahridagi qurilish obʼyektlarida ishlash uchun kelgan bir guruh oʻzbekistonlik mehnat migrantlari vaʼda qilingan oylik maoshlari berilmayotgani, qishki maxsus kiyimlar bilan taʼminlanmaganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilishgan.
Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning 21 may kuni Rossiyaning “Resurs+” MCHJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Ushbu kelishuvga muvofiq, iyun-avgust oylarida Andijon (8), Namangan (4), Fargʻona (351) va Qashqadaryo (47) viloyatlaridan 410 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tartibda Perm oʻlkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu fuqarolarning Rossiyaga borish bilan bogʻliq transport xarajatlari “Resurs+” korxonasi hisobidan qoplangan.
“Biroq ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning 47 nafari mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarini buzib, mehnat shartnomasi talablariga rioya etmagan. Xususan, spirtli ichimliklarni ish joyida isteʼmol qilish kabi holatlar muntazam kuzatilganligi sababli, ushbu mehnat migrantlari bilan mehnat shartnomalari muddatdan oldin bekor qilinib, Oʻzbekistonga qaytarilgan”, - deyilgan xabarda.
Xabarda yozilishicha, fuqarolarning ishlagan davri uchun oylik ish haqi, ish beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni qaytarish masalalari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va ish beruvchi korxona oʻrganib chiqmoqda.
V Samare sotrudniki agentstva vneshney migratsii pomogli uzbekistantsam, chi pasporta zabral rabotodatel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Migratsiya
Samarada ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgan migrantlarga yordam berildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader