Dimash Osiyoning eng kelishgan erkaklar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishFestival "Pesnya goda – 2020"
Festival Pesnya goda – 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik xonanda Dimash Osiyoning eng kelishgan erkagi maqomiga da’vogarlik qilmoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Qozog‘istonlik mashhur xonanda Dimash Kudaybergen King Choice "Osiyodagi eng kelishgan 100 erkak - 2021" reytingida birinchi o‘ringa chiqdi.
Tanlov saytida yozilishicha, qozog‘istonlik xonandaga rekord miqdorda 5,8 milliondan ortiq foydalanuvchi ovoz bergan. Ammo ovoz berish jarayoni hali yakuniga yetmadi, u 30-sentabrgacha davom etadi.
Otkritie XXVII Slavanskogo bazara v Vitebske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2019
Yaqinda Toshkentga kelgan xonanda Dimashning yangi klipi namoyish qilinadi
Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreyaning BTS guruhining solisti Kim Sokjin. Unda 37 ming kamroq ovoz olgan. Raqamlarga qaraganda u qozog‘istonlik qo‘shiqchining yagona raqibi.
Uchinchi o‘rinda Tailand aktori Vin Metavin, unga 1,4 million ovoz berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprel oyida Toshkentda Dimash Kudaybergen O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashgandi.
Qo‘shiqchi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi. Xonanda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi.
Yangiliklar lentasi
0