Rossiya

FXX diniy ekstremistik gʻoyalar targʻiboti bilan shugʻullangan migrantlarni qoʻlga oldi - video

© TSOS FSB RF / Fotobankka oʻtishFSB presekla deyatelnost religiozno-ekstremistskoy yacheyki v Yekaterinburge
FSB presekla deyatelnost religiozno-ekstremistskoy yacheyki v Yekaterinburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Yekaterinburgda migrantlarni ekstremizmga yollash bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. FXX migrantlar oʻrtasida ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan bir guruh Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarni qoʻlga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga asosan.
"RF FXX Yekaterinburg shahrida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan kelgan fuqarolaridan tashkil topgan diniy ekstremistik yacheykaning faoliyatiga chek qoʻydi”, - deyilgan xabarda.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh aʼzolari xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyalarini targʻib qilish va mehnat migrantlarini Rossiya Federatsiyasida terrorchilik jinoyatlarini sodir etishga koʻndirish ishlari bilan shugʻullanishadi.
Guruhning barcha aʼzolari hibsga olindi. Kuchishlatar boʻlinma xodimlari ularning Yaqin Sharqdagi terrorchilik tashkilotlari rahbarlari bilan aloqasi borligini isbotlovchi dalillarni topdilar. Shuningdek, 3 kilo portlovchi modda olib qoʻyildi.
Hibsga olingan 10 nafar kishi Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolgan besh nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala