Jamiyat

Koʻpchilik prezidentlikka nomzodlar oʻrtasidagi telemunozaralar tarafdori – soʻrov

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax
Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Tadqiqotni oʻtkazish vaqtida 91,8% oʻzbekistonliklar prezident saylovlari boʻlib oʻtishidan xabardor ekanini bildirgan.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi prezident saylovlariga oid telefon orqali soʻrovning toʻrtinchi bosqichi natijalarini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, soʻrov 30 avgustdan 10 sentyabrgacha oʻtkazilgan va unda respublikaning barcha hududlari aholisi qatnashgan.
“Siz mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini kuzatib borasizmi” degan savolga aksariyat fuqarolar ijobiy javob berishgan. Shulardan 47,9% respondentlar mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan doimiy ravishda, 40,2% soʻralganlar esa vaqti-vaqti bilan qiziqadi.
Tadqiqotni oʻtkazish vaqtida 91,8% oʻzbekistonliklar prezident saylovlari boʻlib oʻtishidan xabardor ekanini bildirgan. 60,5% soʻralganlar saylovoldi kampaniyasini kuzatib borishini taʼkidlashgan.
Telefon soʻrovida aniqlanishicha, 71,2% respondentlar saylov boʻyicha tayyorgarlik haqidagi axborotni davlat televideniyesidan olmoqda. 46,5% soʻrov ishtirokchilari boʻlajak saylov yangiliklari bilan internet orqali tanishishlarini aytishgan.32,8% respondentlar uchun asosiy axborot manbasi nodavlat TV kanallari hisoblanadi.
Soʻrov natijalari tahlili shuni koʻrsatdiki, ochiq telemunozaralar prezidentlikka nomzodlarning siyosiy dasturlari haqida maʼlumot olishning eng jozibali shakli hisoblanadi. Ushbu fikrga telefon soʻrovining 46,5% ishtirokchilari qoʻshilishgan. 21,7% respondentlar esa nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokidagi tok-shoularga qiziqish bildirgan.
Soʻrov ishtirokchilari ularga mustaqil ekspertlar, olimlar, tahlilchilarning boʻlajak siyosiy voqea hamda nomzodlar va ularning siyosiy ustuvorliklari haqidagi fikrlari, shuningdek, nomzodlarning saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlari qiziqarli ekanligini taʼkidlashgan.
Logotip Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Siyosat
YEXHT Oʻzbekistondagi prezident saylovlariga 250 nafar kuzatuvchini yuboradi
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyar kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida roʻyxatga olingan. 20 sentyabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala