Dunyoda

Moderna rahbari koronavirus pandemiyasi tugashi haqida bashorat qildi

© Sputnik / Tatyana Stolyarova / Fotobankka oʻtishNyu-York vo vremya rejima CHS
Nyu-York vo vremya rejima CHS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
COVID-19 pandemiyasi bir yil oʻtgandan soʻng insonlar odatiy hayotiga qaytadilar, dedi Moderna farmkompaniyasi rahbari.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Vaktsinalar ishlab chiqarish koʻpayayotgani sabab, koronavirus pandemiyasi kelasi yilning kuzida tugashi mumkin. Bu haqda Amerikaning Moderna farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel soʻzlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Korobki s vaktsinoy ot COVID-19 kompanii Moderna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonga AQShdan Moderna vaktsinasi olib kelinadi
"Agar siz soʻnggi olti oy mobaynida sanoat ishlab chiqarish qoʻllamining quvvatiga nazar tashlasangiz, kelasi yilning oʻrtalariga qadar yer sayyorasidagi barcha insonlarni emlash uchun dozalar yetarli boʻladi", - dedi Bansel Shveytsariyaning Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, emlashdan bosh tortganlar koronavirusga chalinishi muqarrar, chunki hozirda dunyoda hukmronlik qilayotgan “delta” shtammi juda yuqumli. 2022 yilning ikkinchi yarmida odatiy hayotga qaytish mumkinmi, degan savolga, bu bir yilda sodir boʻlishi mumkin, deb qoʻshimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala