Iqtisod

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari 13 million dollarlik shartnomalar imzolashdi

© SenatVstrecha jenщin-predprinimateley Uzbekistana i Kыrgыzstana
Vstrecha jenщin-predprinimateley Uzbekistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Ikki davlat tadbirkor ayollari uchrashuvi koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi va salmoqli bitimlar imzolash bilan yakunlandi.
TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Bishkekda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvi doirasida umumiy qiymati 13 mln. dollardan ortiq boʻlgan shartnomalar imzolandi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar qilmoqda.
"Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “B2B” uchrashuvlari yakunida tomonlar oʻrtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi", - deyilgan xabarda.
Shartnomalar orasida Oʻzbekistonning "Tashpulat Stroy Invest" MCHJ va Qirgʻizistonning "Sky Industrial Group", Hyundai Construction", "Lift Sky Elevators" nomli kompaniyalari orasida imzolangan, Issiqkoʻl viloyatida kottedjlar va binolarga lift oʻrnatish boʻyicha umumiy summasi 7 mln.AQSH dollariga teng qiymatli shartnomalar alhida ahamiyatga ega, deyilgan xabarda.
Undan tashqari Oʻzbekistonning "MUINOK TOUR" va Qirgʻizistonning "ASTRA KIRGIZIYA" turistik firmalari tomonidan imzolangan memorandum ikki davlatda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
© SenatVstrecha jenщin-predprinimateley Uzbekistana i Kыrgыzstana
Vstrecha jenщin-predprinimateley Uzbekistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Vstrecha jenщin-predprinimateley Uzbekistana i Kыrgыzstana
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala