Siyosat

Oʻzbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillargacha eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib kelgan "propiska" va fuqarolik masalalari haqida gapirar ekan, boshdan kechirganlarini misol keltirdi
TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvi davomida Oʻzbekistonda yaqin vaqtlargacha eng ogʻriqli muammolardan biri boʻlib kelgan - propiska va fuqarolik masalalari haqida gapirdi. Davlat rahbari oʻz hayotidan misol keltirdi.
" <...> ...hayotimda koʻp qiyinchiliklarni koʻrganman, Toshkentga kelib uysiz yashash, bolalarim bilan kvartirama-kvartira yashash (nimaligini boshdan kechirganman). Shu uchun koʻp uy quramanki, bilaman, bir vaqtlar Toshkentga kelib propiska olish azob edi, mumkin emasdi. <...> Oʻzbekiston fuqarosisizlar, nimaga poytaxtda yashashlaring mumkin emas?", - dedi Mirziyoyev.
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2020
Jamiyat
Mirziyoyev propiskaga oid qonunga imzo chekdi: asosiy oʻzgarishlar
Prezident bugun propiska olish masalasiga yechim topilgani, endi bir vaqtlardagidek propiska olish muammo emasligini qoʻshimcha qildi.
Mirziyoyevning aytishicha, oʻzi ham institutda fan nomzodi boʻlguniga qadar na kvartira, na propiskaga ega boʻlgan.
"Bitta aybim - Toshkentda tugʻilmaganim uchun", - deya aniqlik kiritdi prezident va bu adolatdan emas ekanligini taʼkidladi.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jamiyat
Doimiy propiska olishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxati kengaytirildi
Shu bois, Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti etib saylangach, propiska, fuqarolik singari masalalarga yechim topishga harakat qildi - toki oddiy insonlar emin-erkin yashashi uchun.
Bir vaqtlar, Oʻzbekiston desa, yuzini burganlar, bugunga kelib bu mamlakatga talpinmoqda, dedi prezident.
Mirziyoyevning aytishicha, bunday oʻzgarishlar, eng avvalo, mamlakatda inson qadri birinchi oʻringa chiqarilgani uchun yuz berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala