O‘zbekiston ShHT o‘quv-mashqlarida ishtirok etdi

© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie na ucheniya "Mirnaya missiya-2021"
Uzbekskie voyennie na ucheniya Mirnaya missiya-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston harbiylari “Tinchlik missiyasi – 2021” o‘quv-mashqlarida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
ShHTga a’zo davlatlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan mashqlarda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi va tashkilotchilar hamda hamkorlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi "Donguz" dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Pokiston, Belarus, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari ishtirok etishdi.
© Minoboroni UzbekistanaUzbekskie voyennie na ucheniya "Mirnaya missiya-2021"
Uzbekskie voyennie na ucheniya Mirnaya missiya-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Uzbekskie voyennie na ucheniya "Mirnaya missiya-2021"
Birlashgan qo‘shinlar shartli raqibning hujumini qaytarib, qarshi hujumga o‘tishdi va raqibning asosiy kuchlarini yakson qilishdi. Qarshi hujumda Su-34 bomardimonchi va Su-25 hujumchi samolyotlari raqibni bombabo‘ron qilishdi, artilleriya va raketa zarbalari berildi hamda raqib ichki hududiga internatsional kuchlardan iborat desant tushirildi.
Yangiliklar lentasi
0