Siyosat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasining 94 foizini muvofiqlashtirib oldi

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevPogranichnik. Arxivnoye foto
Pogranichnik. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi davlat chegarasining 94 foizdan ziyodi delimitatsiya va demarkatsiya komissiyasi tomonidan kelishib olindi. Bu haqda Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchisi Ibragim Junusov maʼlum qildi.
Elchining soʻzlariga koʻra, hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning davlat chegarasi uzunligi 1,38 ming kilometrni tashkil etadi. Oʻzbekistonga tegishli boʻlgan 4 ta eksklavlar Qirgʻiziston hududida joylashgan.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning joriy yil mart oyidagi Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida ikki davlat rahbarining muzokaralari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishni tez fursatlarda yakunlash va oʻtish punktlarini toʻlaqonli ishlashini taʼminlash boʻyicha amaliy qadamlar belgilangani maʼlum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala