Dunyoda

Polsha sharqiy chegarada 250ta amerika tanklarini joylashtiradi

© Sputnik / Vitaliy AnkovVoyennыe v Primorye zavershili vosstanovleniye tanka "Sherman" vremen Velikoy Otechestvennoy voynы
Voyennыe v Primorye zavershili vosstanovleniye tanka Sherman vremen Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Polsha mudofaa vaziri Blashchak soʻzlariga koʻra, "dunyoning eng yaxshi tanklari mamlakatga tajovuz xatarini pasaytirish uchun kerak".
TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Varshava oʻz chegaralarida AQShdan sotib olgan Abrams tanklarini joylashtiradi, deb xabar qildi respublika mudofaa vaziri Mariush Blaщak Polsha radiosi efirida.
"Ikki yuz ellikta eng zamonaviy tanklar mamlakatimiz sharqida joylashtiriladi", — dedi u.
Flag Polshi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Kolumnistlar
Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib boʻldi
Ilgariroq, Polsha hukumati bronetexnikani 2022 yilda qabul qilib olishga umid qilayotganliklarini bildirgan edilar. Gap M1A2 Abrams SEPv3 modifikatsiyasi haqida bormoqda. Ushbu texnika Varshavaga 23 milliard dollarga tushadi. Blashchak soʻzlariga koʻra, "dunyoning eng yaxshi tanklari mamlakatga tajovuz xatarini pasaytirish uchun kerak".
Polshalik siyosatchilar NATO Rossiyaga faolroq qarshi turishi kerak, deya koʻplab marotaba takrorlashgan. Polsha Rossiyani xavfsizlik uchun tahdid deb biladi.
Moskve, oʻz navbatida, boshqa davlatlarga, xususan Shimoliy atlantika alyansi davlatlariga hujum qilish niyatida emasligini takrorlab keladi. Shu bilan birga, Putinning taʼkidlashicha, Rossiya oʻz hududlariga koʻz olaytirish va taraqqiyotni cheklash singari harakatlarni javobsiz qoldirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala