Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda fuqarolikni olayotgan shaxslardan ortiqcha jarima undirilgani aniqlandi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishTsentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Har bir fuqaroga oʻrtacha 33–35 ming soʻmdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 million soʻm undirilgan.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. 2020 yil yanvardan 2021 yil iyul oyigacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi bir qator tuman va shaharlarda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan fuqarolikni rasmiylashtirishga oid ish yurituvi tanlov yoʻli bilan oʻrganilgan.
Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida 2020–2021 yillar davomida Qonlikoʻl, Xoʻjayli, Ellikqalʼa va Taxtakoʻpir tumanlari Ichki ishlar boʻlimlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan jami 281 holatda jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari yuborilmagan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida
Xususan, 29 holatda fuqarolarga bayonnoma rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 281-moddasi talablariga rioya etilmagan boʻlsa, 19 holatda bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarlarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan va bu haqda bayonnomada aks ettirilmagan.
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va tegishli bayonnoma rasmiylashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan. Ularning mansabdor shaxslari tomonidan jami 68 holatda kodeksning 310-moddasiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.
Shuningdek, ushbu kodeksning 3321-moddasi talablarini buzgan holda jami 157 holatda jarima miqdorining 100 foizi undirilgan. Bunda har bir fuqaroga oʻrtacha (belgilangan jarimaning yetmish foizidan ortigʻi, yaʼni oʻttiz foizini qoʻshib) 33–35 ming soʻmdan ortiqcha jarima solinib, 157 nafar fuqarodan 5 mln soʻm undirilgan.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Siyosat
Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan kodeksning tegishli moddalarida koʻrsatilgan talablar buzilgan holda jami 13 holatda jarima solish haqidagi qaror jarimani majburiy tarzda undirib olish uchun yuborilmay qolgan, belgilangan muddatdan kechikib undirilgan yoki shu kunga qadar undirilmagan.
Mazkur oʻrganish ishlari Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻistondagi mintaqaviy vakili hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala