Jamiyat

Respublika obroʻyiga putr yetkazayotgan jinoyatlarning aksariyati davlat xaridlari sohasida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi
Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Oliy Majlis deputatlari Korruptsiyaga qarshi kurash agentligining faoliyatini yanada samaraliroq qilish maqsadida takliflar berishdi.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazayotgan jinoyatlarning aksariyati - davlat xaridlari sohasida sodir boʻlmoqda, dedi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi direktori Akmal Burhonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oʻqib eshittirgan tahliliy maʼlumotda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarning aksariyati davlat xaridlari sohasiga toʻgʻri keladi. Jumladan, davlat xaridlari jarayonida korruptsiyaga qarshi samarali nazorat tizimining yoʻqligi sababli narxlarni sunʼiy oshirish, talon-torojliklar hamon saqlanib qolmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xususan, davlat xaridlari jarayonida tanish-bilishchilik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilayotganligi, xarid gʻolibini aniqlashda maʼlumotlarning yetarlicha ochiqlanmayotganligi aniqlangan.
Deputatlar Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi axborotidan, xulosa qilgan holda Agentlikka quyidagi takliflarni bildirishdi:
Milliy manfaatlariga va Respublika imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlar toifasining aniq roʻyxatini tuzish;
Bunday jinoyatlarni tergov qilish natijalari tahlilini oʻtkazish uslubini yoʻlga qoʻyish;
davlat organlari faoliyatida korruptsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini yaratish;
Korruptsiyaga qarshi kurash agentligining huquqlarini jinoyat-protsessual qonunchilikda aks ettirish.
Undan tashqari tadbirda qonun ijodkorligi, parlament nazorati hamda korruptsiyaga qarshi targʻibot ishlarida Oliy Majlis tegishli qoʻmitalari bilan Agentlik oʻrtasidagi hamkorlik talab darajasida emasligi haqida fikr bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader