Skripallar ishi: Britaniya virtual generalni zaharlovchi deb atadi

© Sputnik / Aleks Maknoton / Mediabankka o‘tish V Solsberi pristupili k ochistke svazannix s delom ob otravlenii Skripaley mest.
 V Solsberi pristupili k ochistke svazannix s delom ob otravlenii Skripaley mest.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
OAV talqinida yangilik mana bunday yoritilgan: Buyuk Britaniya prokuraturasi Skripallar zaharlanishining uchinchi ishtirokchisiga ayblov e’lon qildi. Bu Sergey Fedotov degan kishi, biroq, aslida aslo u va Fedotov emas.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 2018 yil kuz-yoz oylarida Angliyaning kichik Solsberi va Eymsberi shaharchalarida bir necha kishi noma’lum moddalardan zaharlandi. Ular orasida ikki nafar Rossiya fuqarosi va to‘rt nafar inglizlar bo‘lgan: biri politsiyasi, ikki nafari Eymsberi aholisi, bir nafar solsberilik ayol. Deyarli bari tuzalib ketdi, faqat Solsberidan bo‘lgan ayol vafot etdi.
Eymsberi ham, Solsberi ham bevosita mashhur Porton-Daun harbiy biolaboratoriyasi yaqinida joylashgan. U yerda sayyoradagi eng xavfli kimoviy va biologik moddalar saqlanadi. Masalan, laboratoriya olimlari ritsin kabi zahar ustidan faol ish olib borishadi. Undan yaqinda zaharga qarshi vosita o‘ylab topishdi.
Britanskie politseyskie vedut rassledovanie na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13-marta 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2019
London Kremlning Skripal ishiga aloqadorligiga oid hech qanday dalil yo‘qligini tan oldi
Porton-Daun o‘zining odamlar ustidagi attangli tajribalari bilan mashhur. Urushdan keyin darhol ingliz olimlari Germaniyadan zaharlar kolleksiyasi, kimoviy va biologik qurollarni olib chiqib ketib, ular bilan tajriba o‘tkazishga kirishishdi.
Tajriba qilinadiganlar sifatida ingliz harbiy xizmatchilaridan foydalanishgan. Ularni gazli kameralarga qamab, ular terisiga o‘ldiradigan zaharlarni sepishgan. Sinovlar vaqtida ularning ayrimlari ko‘rish, eshitish qobiliyatlarini yo‘qotishgan, kuchli og‘riq sezib, tirishib qolishgan.
1953 yili tajriba o‘tkazuvchilar uchuvchi Ronald Meddisonning qo‘liga asabni falash qiluvchi modda tomizishgan. Yosh yigit halok bo‘ldi. Sud uning o‘limini tasodifiy deb topdi. Shunga o‘xshash voqealarni ingliz tarixchisi Rob Ivens o‘zining “Gazdan zaharlanganlar: Porton-Daundagi odamlar ustidagi harbiy kimoviy tajribalar” kitobida batafsil bayon qiladi.
Britaniya harbiy tajribalarida minglab kishilar qatnashishga majbur bo‘lishgan. Biroz doktor Mengele sinovlarini eslatib yuboruvchi bu ajoyib tajribalar 1989-yilgacha olib borilgan.
Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2018
Rossiya TIV: Skripallarning zaharlanishini katta ehtimol bilan Britaniya uyushtirgan
1960 yillarda Britaniya Mudofaa vazirligi London yerosti yo‘lida bioquroldan foydalangan holda yolg‘ondakam hujum o‘tkazdi. Zararsizlantirgan kuydirgi sporalarini talk bilan aralashtirib, ventilyatsiya tizimi orqali purkashgan. Keyin buning hammasi metro bekatlarida qanday tarqalishini kuzatishgan. Londonliklarni, tabiiyki, ogohlantirishmagan. Mamlakatda muntazam xavfli sizishlar ro‘y berib turardi. 1978-yilda bolgar dissidenti Georgiy Markovni Londonning qoq markazida ritsin bilan zaharlashdi. 2002-yilda qandaydir terrorchilardan o‘sha Londonda zarin sintezi uchun kerak bo‘lgan barcha komponentlarni topishdi. 2006-yilda Pikidillida poloniy izlarini aniqlashdi. Bundan ingliz hukumatida tezgiga “Litvinenko” ishini to‘qib chiqardi.
Umuman olganda, inglizlarning zaharlovchi moddalar bilan xavfsiz munosabatda bo‘lishda o‘ta yomon tarixi bor. Porton-Daun atrofida odamlan bunday muntazam ravishda zaharlanib turishi ajablanarli emas. Ammo 2018-yilda Solsberida zaharlanganlar orasida sobiq sovet razvedkachi xoini Sergey Skripal va uning qizi Yuliya bo‘lgan. Shundan keyin hammasi boshlanib ketdi.
Britaniyaning progaganda mashinasi bot-bot aholi miyasiga Skripallarni ruslar o‘ldirishga urinishgani haqidagi g‘oyani singdirishga kirishib ketishdi. Kattasi u qachonlardir xoin bo‘lgani uchun, qizini esa qo‘shoqning ketidan bo‘shoq sifatida. Shu tariqa fisq-fasodga to‘lib toshgan “Skripallar ishi” paydo bo‘ldi.
Bu voqeadagi o‘xshamagan joylarni sanab chiqish bilan uning yaratuvchilari yordam bergan bo‘lamiz. Bu safsatalarni qanchalik rad etsak, shunchalik ko‘p ahamiyat bergan bo‘lamiz. Keling, yaxshisi bu voqea boshqa bir Britaniya ig‘vosi bilan tuzilish jihatdan qanchalik o‘xshash ekanini ko‘rib chiqamiz.
Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2018
Skripallar NATO kimoviy quroli bilan zaharlangan
Pyer Rishar ishtirokidagi “Soyabon bilan ukol qilish” eski kulgili fransuz filmi bor edi. U erkin ravishda ingiz maxsus xizmatlari dissident Markov o‘limi atrofida to‘qigan ajoyib voqeani hikoya qiladi. 1978-yilda omma orasida qandaydir bolgar KGB xodimi uni Vaterlo ko‘prigida poylab turgani va kuppa kunduz kuni ritsin surtilgan soyabon bilan ukol qilgani haqidagi versiya tarqatiladi. Bundan baxtiqaro dissident britaniyalik shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan o‘lgan.
Ingliz maxsus xizmat xodimlari va Skotlend-Yard qanchalik harakat qilishmasin bu versiyaning biror bir dalili topilmagandi. 2013-yilda Markov o‘limi haqidagi ish dalillar bo‘lmagani uchun yopilgandi. Bolgar tergovchisi Markovni ingliz kasalxonasida davolayverib holdan toydirib yuborishgani ilmoqli ravishda taxmin qildi.
Ammo bu bo‘rttirilgan feyk hozirgacha internet bo‘ylab sayr qilib yuribdi va bolgar va sovet maxsus xizmatlariga qarshi progagandaning asosi bo‘lgan. Afsonalardan biri SSSR KGBsi bolgar hamkasblariga “yordam berdi” degan versiyani ilgari suradi.
Bolgar jurnaslit surishtiruvchisi Xristo Xristov 20-yilcha Markov o‘limiga oid ingliz qarashini ilgari surdi. U yangi kitoblar yozib tashladi, KGB arxivlarini ochishni talab qildi, allaqachon o‘lgan bolgar kommunizmi bilan kurashdi, xullas, qo‘lidan kelguncha surishtiruv olib bordi. Ammo 2013-yilga kelib bu mavzuning siyqasi chiqqani ma’lum bo‘ldi. Xristovning yangi kitoblarini hech kim o‘qimasdi, Markov kim ekanini unutib yuborishdi.
Ko‘p o‘tmay uning o‘rniga vatandoshi, adashi va tengdoshi Xristo Grozev keldi. U ham fantaziyalarda oldingisidan ham o‘tib tushdi. Grozev o‘z mavqeyini agar jamoatchilikka doimo yangi mazvular tashlab turilsa, saqlab qolishi mumkinligini tushundi. Bu yerda arxiv, qo‘lozmalarni titishning hojati yo‘q edi. “Bellingcat”dan foydalangan holda – Mariya Zaxarova gaplari bilan aytganda “sizdirish vositasi”, - Grozev feyklarni yashin tezligida yozib-chizib tashlaga bel bog‘ladi.
Avvaliga bu Petrov va Boshirovlar edi. Ya’ni aslida Chepiga va Mishkin. Darhaqiqat ular GRUdan. Ular Skripallarni zaharlashdi. Bunga qadar esa Chexoslovakiyadagi omborni portlatishdi. Balkandagi tog‘larda yurishgan. Qandaydir rossiyalik muxolifatchilar bilan yomon ishlarni qilishgan. Bolgariyada yana kimnidir zaharlashgan.
Bu orada qandaydir to‘yda ham bo‘lishgan. U yerda allaqanday general bilan suratga tushishgan. Nega general bilan, polkovnik bilan emas. Jim turing, hikoyaning beliga tepmang.
Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2018
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin
Shunday qilib, to‘yda general bor edi. U ham GRUdan, demak. Bu to‘ydagi general ham, go‘yoki, Skripallarni zaharlagan. Garchi Solsberida hech qachon bo‘lmagan va o‘sha shum shpil (nayzasimon temir ustun)ni ko‘rmagan bo‘lsada. Generalning ismi Sergey Fedotov. Ya’ni Denis Sergeyev. Yoki balki, Sergey Denisov, muhim emas. Mana shu feyk shaxsiyat, uning mavjudligi hech kim tomonidan isbotlanmagan, o‘sha mash’um “uchinchi gumonlanuvchidir”. Unga Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasining savollari bor ekan. “Uchinchi inson”day. Shunaqa yaxshi ingliz filmi bor edi.
Aslida Skripallar voqeasi Rossiya emas, balki Britaniya hukumatiga savollarni tug‘diradi. Bari mana bunday bo‘lib ko‘rinadi, go‘yoki avvaliga ota va qiz qandaydir sizishmi, yoki Porton-Daun mutaxassislarining qandaydir odamlar ustidagi tajribasining qurbonlari bo‘lishgan, keyin kasalxonaga tushishgan va u yerda noma’lum shaxslar bir nimalar qilishgan, va oxirida umuman yo‘qolib qolishgan.
Rossiya fuqarosi Yuliya Skripal kameralar qarshisida faqat bir martagiga ko‘rinish berdi va juda qo‘rqib ketganday ko‘rinardi. Rossiya va Buyuk Britaniya fuqarosi Sergey Skripalni esa omma 2018-yil martidan buyon ko‘rmadi. Ularga nima bo‘ldi? Ularni o‘g‘irlab ketishdimi? Zo‘rlab ushlab turishibdimi? Tirikmi ular? O‘z jinoyatlarini yashirish ilinjida – yoki jinoiy xatolarini – mamlakat rahbariyati Rossiyaga qarshi yolg‘on axborot tarqatuvchi “Bellingcat”ni buyurtma berdi va yashin tezligida dalillarni yo‘q qilishga kirishdi. Skripal uyi g‘ishtigacha yig‘ishtirib olindi – u yerda hatto tomni alishtirishdi. Nimagadir razvedkachi mushuk o‘ldirildi.
Buyuk Britaniya hukumati haligacha hech qanday dalillarni taqdim etmadi, Rossiya hukumatining ekspertiza o‘tkazishga oid ko‘plab takliflarini rad etdi, rossiyalik diplomatlarga Skripallar bilan uchrashishga imkon berishmadi. Xullas kalom, zamonaviy jamiyatda qabul qilingan barcha xalqaro surishtiruv normalarini buzdi.
Britaniya muxolifati yetakchisi Jeremi Korbin parlamentning quyi palatasida feyk “Skripallar ishini” adolatli tanqid qildi, uning matbuot kotibi esa bu ig‘vo va Kolin Pauell Saddam Xuseynning kimoviy quroli deb o‘ylangan mashhur ichida oq kukun bo‘lgan probirka o‘rtasidagida o‘xshashlikni keltirdi.
Sotrudniki ekstrennix slujb i politsii vo vremya raboti na Londonskom dorojnom kladbishe v Solsberi, gde poxoroneni jena i sin bivshego rossiyskogo shpiona Sergeya Skripalya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2018
"Skripal ishi"da zaharlangan grechka versiyasi paydo bo‘ldi
Britaniya hukumatining xalqaro jamiyat oldida Skripallar ishi uchun javob berish vaqti allaqachon kelgan. Alohida esa, albatta, mushuk uchun.
Yangiliklar lentasi
0