https://oz.sputniknews.uz/20210923/tanzila-narbaeva-qirgiziston-prezidenti-sadir-japarov-bilan-uchrashdi-20614855.html
Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash... 23.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-23T08:31+0500
2021-09-23T08:31+0500
2021-09-23T08:31+0500
siyosat
tanzila norboyeva
sadir japarov
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18339756_0:0:1440:810_1920x0_80_0_0_7cb98b18361a1ad62068a9dc4b2464d2.jpg
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.Prezident Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan prezident Sadir Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi.Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda prezident saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilab, prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.Japarov O‘zbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shu jumladan, "Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti" tashabbusiga yuqori baho berdi. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti" biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.Senat raisi Narbayeva Qirg‘iziston tomoniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladilar.Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbek-qirgiz-taraqqiyot-fondi-japarov-bitimni-ratifikatsiya-qilish-togrisida-qonunni-imzoladi-20122761.html
https://oz.sputniknews.uz/20210917/japarov-markaziy-osiyoda-xavfsizlik-belbogini-yaratishni-taklif-qildi-20535825.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0f/18339756_40:0:1320:960_1920x0_80_0_0_23062f53b227c91939846804f4a2e3ff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
siyosat, tanzila norboyeva, sadir japarov, o‘zbekiston oliy majlisi senati
siyosat, tanzila norboyeva, sadir japarov, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shu jumladan, parlamentlararo va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Prezident Japarov do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va strategik hamkorlik tamoyillariga asoslangan Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari yuksak darajaga yetganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli aloqalari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim asosi ekanini ta’kidladi. Shu nuqtayi nazardan prezident Sadir Japarov ikki tomonlama hamkorlikda joriy yilning mart oyida Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifi muhimligini qayd etdi.
Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda prezident saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilab, prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Japarov O‘zbekistonning gender siyosatini amalga oshirish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari, shu jumladan, "Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti" tashabbusiga yuqori baho berdi. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Qirg‘iziston va O‘zbekiston tadbirkor ayollari muloqoti" biznes-forumiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Senat raisi Narbayeva Qirg‘iziston tomoniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston rahbari Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Suhbat davomida tomonlar yuksak darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy asosini mustahkamlash va samarali parlament nazoratini ta’minlash, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik, shu jumladan, chegara hududlarining mahalliy munitsipal Kengashlarining samarali aloqalarini faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, ikki mamlakat aholisining keng qatlamlari o‘rtasida yaqin madaniy-gumanitar aloqalar va muloqot uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.