Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan shaxs qo‘lga olindi

© Depositphotos.com / Nomadsoul1Mujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
Gumon qilinayotgan shaxs ilgari talonchilik, o‘g‘irlik va voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish uchun qamoqda o‘tirib chiqqan.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkentda metro vagonida 13 yoshli qizga nisbatan tegajog‘lik qilishda gumon qilingan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, u ilgari O‘zbekiston JKning talonchilik, o‘g‘irlik va voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun qamalib chiqqan Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro K.Sh.
Ukazateli stansiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qidirilmoqda
Hozirda mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.
IIV suratdagi shaxsning harakatlaridan jabrlanganlardan darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishni so‘ragan.
Keyinchalik Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiliklar lentasi
0