“Ti Super!” tanlovining yarim finaliga yo‘l olgan Shirin Abdullayevaning dil rozlari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUchastnitsa yubileynogo sezona shou "Ti Super!" Shirin Abdullayeva
Uchastnitsa yubileynogo sezona shou Ti Super! Shirin Abdullayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik Shirin Abdullayeva “Ti Super!” shousining yarim finaliga chiqdi. Shirin va uning yaqinlari Sputnik nashriga o‘z hissiyotlari va tanlovda ishtirok etishdan kutayotgan narsalari haqida so‘zlab berishdi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 15 yoshli Shirin Abdullayeva Rossiyadagi “Ti Super!” musiqiy tanlovida muvaffaqiyatli chiqish qilmoqda. U o‘zining qo‘shiqlari va san’ati bilan hakamlaru tomoshabinlarni rom ayladi. U yarim finalga chiqqan va o‘z omadini sinab ko‘radi.
Yarim finalga sanoqli kunlar qoldi. Shirin esa o‘z kuchiga ishonmoqda va g‘alaba qozonishiga umid qilmoqda.
“Men shokda edim! Lekin hakamlar ishonchini oqlaganimdan xursandman va yarim finalda ham oqlayman”, - deydi Shirin Abdullayeva.
U tanlovda Sofya Goga va Tanya Mavrodiga muxlislik qilishini aytdi, chunki ular unga qaraganda ma’naviy jihatdan kuchliroq. Ular taqdirning qiyinchiliklariga duch kelishgan.
Shirin Abdullayeva - uchastnitsa proyekta Ti Super! ot Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Orzuim – O‘zbekiston shuhratini olamga yoyish: “Ti super!” ishtirokchisi Shirin Abdullayeva
Shirinning otasi Bahodir Abdullayev o‘z qizining muvaffaqiyatiga ishonishi va uni har qanday holatda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“Uning tug‘ma iste’dodi bor. U qo‘ng‘iroq qilganda va uning ovozini eshitganimda kayfiyatim ko‘tarilib ketadi”, - deydi Bahodir Abdullayev.
Opasi GulinurAbdullayeva esa Shirinning finalga chiqishiga umid qilmoqda: “U oq ko‘ngilli qiz, Yaratganning o‘zi qo‘llasin”.
Sputnik ham iste’dodli Shirinning muvaffaqiyatiga ishonadi va unga zafarlar tilaydi.
Yangiliklar lentasi
0