Hodisalar

“Yuz dollar va 12 bosh kurka bolasi”: mudofaa boʻlimi rahbari pora bilan qoʻlga tushdi

Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Buxoro viloyatida mudofaa boʻlimi boshligʻi pora olayotganda qoʻlga tushdi.
TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Mudofaa boʻlimi boshligʻi 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olayotganda qoʻlga tushdi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Hodisalar
Prokuror, MIB rahbari, bojxona inspektori: qator amaldorlar pora bilan qoʻlga tushdi
Qorakoʻl tumani mudofaa boʻlimi boshligʻi 1976 yilda tugʻilgan fuqaro Y.O. xizmat mavqeidan foydalanib, oʻzga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiisteʼmol qiladi.
Viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi boʻlimi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun taʼmagirlik qilib, oʻzining Qorakoʻl tumani Chekirchi mahallasida joylashgan xonadonida kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolalarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Holat yuzasidan JKning 168-modda 3-qismi va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jizzax, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qator xodimlari pora bilan ushlangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala