Yevropa Rossiyani "sovuq eksportida" ayblamoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKompressornie stansii "Kazachya" i "Russkaya" v Krasnodarskom krae
Kompressornie stansii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi real holat Yevropaning "energetik o‘tish" bo‘yicha rejalariga juda qattiq zarba berdi.
O‘tgan yil davomida gazning haqiqiy narxi deyarli o‘n barobar oshdi. Oqibatda bu elektr energiyasi, yoqilg‘i, yuk tashish xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa narsalar narxlarining oshishiga olib keldi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SShA sanksiyami v otvet na popitku ostanovit Severniy potok - 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2021
Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
Avvaliga, ushbu kulgili holat faqat birjalarda ro‘y bergan edi. Lekin bir necha oydan so‘ng u eng oddiy yevropalikning cho‘ntagiga ham sezilarli zarar yetkazadi. Taxminlarga ko‘ra, keyingi yilda Britaniyaning o‘rtacha uy-xo‘jaligi elektr energiyasi uchun avvalgi yillarga qaraganda 1500 funt ko‘proq to‘lashga majbur bo‘ladi. Shusiz ham britaniya aholisi uchun bir kilovatt elektr energiyasi narxi Rossiyadagidan ko‘ra olti barobar qimmat bo‘lib, ikki million uy xo‘jaliklari mablag‘i yo‘qligi sababli to‘lovlarni amalga oshirishmagan.
To‘xtang, yashil energetika-chi? Ona sayyorani ezgulik kuchi bilan jonlantiradigan o‘sha barcha sof elektr manbalari qayoqda qoldi? Kundek ravshan bo‘lgan holatni sharmandalarcha tan olish zarur. Shamol tegirmonlari va quyosh panellari hozircha uddalay olmayapti. Bu yil Yevropada qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada pasaydi. Yanvar oyida esa Yevropa Ittifoqi ulkan blekaut yoqasida qolgan edi.
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Yushkov: Yevropa Rossiya gazidan voz kechishi mumkinmi?
Yozdagi shamolsiz ob-havo, yuqori bulutlilik, o‘tgan yilgi o‘ta sovuq qish, kelgusi qishning yanada qattiq kelishi haqidagi havotirlar – bularning barchasi narx-navoni shakllantiruvchi eng kuchli omillardan biriga aylandi.
Ukrainada gaz narxi borasida havotirlar bildirildi. Oqibalar uzoq kuttirmadi. Elektr energiyasi narxlarini o‘sishi o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavodlarning yopilishiga olib keldi. Yuk tashish xizmatlari narxlari ham ko‘pchigan xamirdek osha boshladi. Uglevod tashlanmalari oshishida ayblanayotgan fermerlar esa o‘z mahsulotlarining narxlarini oldindan ko‘tarishmoqda. Odamlar ishsiz qolmoqda va dahshat bilan do‘konlardagi narxlarni kuzatishmoqda. Yevropaliklar uchun energetik inqirozdan chiqish – aniqday go‘yo. Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish, unga AESga buyurtma berish mumkin axir bugungi kunda bundanda sof va kuchli energiya mambai mavjud emas.
Biroq, yo‘q, bunday qilib bo‘lmaydi - axir amerikalik sheriklar noto‘g‘ri tushunishi mumkin-da. Mana, shunday qilib, o‘zlarining eko-shiorlariga qarshi borgan holda Yevropa hukumatlari yoppasiga ko‘mirga o‘tishmoqda. Atrof-muhitni eng ko‘p ifloslantiradigan, eng zararli va olimlar tomonidan adolatli tanqid qilingan yoqilg‘iga. Yevropa barchaga va’da qilgan ekologik jannat o‘rniga, yonilg‘i bug‘i aralashmasidan iborat zaharlangan havoli, sil kasalliklari avj olishi ehtimoli katta bo‘lgan, qolaversa aholisining aksariyat qismi kambag‘allashib ketadigan bir jahannamni barpo etmoqda.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Yevropaning o‘rtahol qatlamining xonavayron bo‘lishi yil davomida rekord sur’atlarda amalga oshib bordi. 2020-yilning sentabr oyidayoq Buyuk Britaniyadagi farzandli oilalarining 14%ga oziq-ovqat uchun pul yetmagan edi.
Joriy yil yozga kelib bu ko‘rsatkich 24%ga o‘sdi. Hukumat kambag‘allarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi va maktablarda bepul ovqatlanadigan bolalarni ta’til vaqtida ham oziq-ovqat bilan taminladi. Ayrim bolalarning qo‘liga "suxoy payoklar" berildi. Ota-onalar bu "payoklarni" suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lisha boshladilar. Fotosuratlarni ko‘rgan jamoatchilikning g‘azabi qo‘zg‘adi. Axir "payok" makaron, ikki banka loviya, bir necha yupqa bo‘lak pishloq, ozroq kartoshka, ikki dona sabzi, uchta olma iborat edi-da. Ta’kidlash joizki bu mahsulotlar bir haftalik ozuqa uchun mo‘ljallangandi.
Och qolgan oilalarga oziq-ovqat uchun talon bera boshlashdi. Talon bir xaftada uch funtli narsalar harid qilish imkoniyatini berar edi (bu taxminan 300 rubl). Hozirgi kunda bu talonning narxi 4.25 funtni tashkil etadi. Unga faqatgina sut, sabzavotlar, meva, dukkaklilar, yormalar va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini olish mumkin. Go‘sht, baliq, pishlok, shirinliklar va boshqa maxsulotlarga bu pul yetmaydi. Xo‘sh, bu pulga nima sotib olish mumkin o‘zi? – Nari borsa ikki litr sut, ikki kilo kartoshka va besh dona banan - tamom.
Angliya hukumati buni “sog‘lom ovqatlanish” deb ataydi. Lekin boshqalar uchun bu harbiy kommunizm davridagi ocharchilik vaqtlarini eslatishi aniq.
Narxlar jadal sur’atlrada o‘sayotgan bir paytda, huquq-ximoyachilarini ta’kidlashicha, o‘rtahol oilalarga yana qiyinroq bo‘ladi: tez orada ular yoki eating, yoki heatingni (oziq-ovqat yoki isitish xizmati) tanlashlariga to‘g‘ri keladi .
Odatda, har yili qishda Britaniyada bir necha o‘n minglab nafaqaxo‘rlar vafot etadi. Isitish xizmati uchun to‘lanayotgan mablag‘ni tejash maqsadida, ular kechasi isitish moslamalarini o‘chirib qo‘yishadi. Ertalab esa ularni sovuqdan muzlab qolgan ahvolda topishadi. 2014-yilda shu tarzda 40 mingdan ortiq inson vafot etgan. Kelayotgan qish mavsumida bunday o‘limlar soni ko‘payishi taxmin qilinmoqda.
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2020
Raqobatga dosh berolmadi: Yevropa va Osiyo amerika STGdan voz kechmoqda
Ispaniyada qish nisbatan illiqroq, biroq oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat deyarli farq qilmaydi. Joriy yil boshida Madridda 186 ming kishi muntazam ravishda bepul oziq-ovqat to‘plamlarini olganlar. Bu oxirgi 25-yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichdir. Och qolayotganlar orasida qariyalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Chunki ular o‘z nafaqalarini odatda ishsiz qolgan farzandlari va nabiralariga qoldirishadi.
Madriddagi San Xuan de Dios cherkovi boshqaruvchisi Bi-bi-si jurnalistlariga shunday dedi: “Biz tarqatayotgan bepul oziq-ovqatni olish uchun odamalar shaharning narigi chekkasidan piyoda kelishadi va ikki soatli yo‘lni bosib o‘tishadi, chunki ularda hatto avtobusga pul yo‘q”. Gap qandaydir daydilar yoki giyohvandlar haqida borayotgani yo‘q, ular ishini yo‘kotgan, yig‘ib qo‘ygan bor jamg‘armasini ishlatib bo‘lgan va to‘satdan ro‘y bergan qimmatchilik oldida ojiz qolgan insonlardir.
Elektr energiyasi narxi oshishi yana bir noxush oqibatga ega. U Yevropa tovarlarini jahon bozorida raqobatlasha olmaydigan holatga olib kelishi mumkin. Amerika bozori YeI uchun asosiy bozor bo‘lib kelgan.
Ammo hozirda paradoksal vaziyat yuzaga kelmoqda. Yevropaliklarga yashil energiyani tiqishtirgan Amerika hukumatining o‘zi shamol va quyosh energiyasiga o‘tishga shoshilayotgani yo‘q. Arzon elektr energiyasi ularga raqobatli ustuvorlikni beradi va YeIni bozordan siqib chiqarishga sharoit yaratadi. Bu ayniqsa sheriklarga nisbatan biroz shavqatsizlik emasmi? Lekin Amerika o‘z sodiq vassallariga nisbatan doim shunday qiladi-ku, "Bollivar ikkitani ko‘tara olmaydi", axir bittasini tanlash kerak.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
"Gazprom" Yevropani to‘lashga majbur qilish yo‘lini topdi
Xalq boshiga tushayotgan ofatlar ko‘payayotgan bir paytda, Yevropaning hatto reallikdan uzilib qolgan siyosatchilari nimadir qilishga qaror qilishdi ular aybdorlarni qidirishni boshlashdi. Va darhol topishdi ham. Qanchalik taajjubli bo‘lmasin, bu yana Rossiya bo‘lib chiqdi.
Britaniya parlamenti deputatlari “Gazpromga” xat yozishdi – xuddi zaporojliklar turk sultoniga yozgani kabi. Unga ko‘ra “Gazprom” gaz narxini oshirishda va bozorni manipulyatsiya qilishda ayblanadi. Yevropa parlamenti ham ishlarni xuddi shu zaylda davom ettirmoqda. Ba’zi bir parlament a’zolari Yevropa komissiyasini monopoliyaga qarshi tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda, undan tashqari Yevropada hamma narsa qimmatlashgani uchun “Gazpromga” qarshi da’vo arizasini ham yozishni talab qilishmoqda.
Shoshmang. Axir gap gaz haqiqiy narxi haqida ketmoqda, aynan o‘sha, “Gazprom” tuzishni istamagan qisqa muddatli shartnoma to‘g‘risida. Kompaniya hatto YeI bilan bu borada sudlashgan, lekin afsus ishni boy bergan edi.
“Gazprom” doim uzoq muddatli va barqaror narxli shartnomalar tuzishni taklif qilgan.
Logotip korporatsii Uzatom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2019
Tonnalab iqtisod: “Uzatom” rahbari AES qurilishi xususida
Biroq o‘sha paytlarda Yevropaliklar uchun gazning haqiqiy narxi qulay edi va ular o‘z qarorlarini o‘tkaza oldilar. Endi esa Rossiya kompaniyasini ochko‘zligi va uzoqni ko‘ra bilmasligi oqibatida o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolikda ayblashmoqchi.
Yillar davomida “Gazprom” Yevropaliklar tomonidan tiqishtirilgan qoidalar asosida o‘ynadi. Bugun esa ular yo‘q, biz bunday kelishmagan edik, deya norozi bo‘lishmoqda. Hamma narsani ularga berish kerak, iloji bo‘lsa tekinga! Bu holat Ukrainani eslatmayaptimi? Bunday da’voni hech qanday kelajagi yo‘q, albatta.
Yevropaliklarda yana qanday yechim bor? Amerikadan STG sotib olishmi? Okean ortidagi sheriklar "bozorni boshqarish bo‘yicha" professionallar, albatta. Ittifoqdoshlar Yevropani hozirgi tang ahvolidan foydalangan holda, narxlarni shunday belgilashadiki, YeIning hozirgi muammolari buni oldida xamir uchidan patirdek bo‘lib qoladi. Agar Yevropa elitasi kabi emas, balki aql bilan mulohaza qilinsa, Rossiya gazini bosa oladigan yagona muqobil variant bu Rossiya AESlaridir. Ikkisi ham bir vaqtta bo‘lsa, undan-da a’lo.
Yangiliklar lentasi
0