Migratsiya

Rossiyada migratsiyaga doir yangi qonun 2024 yildan kuchga kiradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Migratsiyaga doir yangi qonun chet el fuqarolari uchun biometrik maʼlumotlarga ega boʻlgan yagona hujjat joriy etishni nazarda tutadi.
TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida 2024 yilda migratsiya sohasiga doir yangi qonun kuchga kiradi. Bu haqida RIA Novostiga Migratsiya bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Kirill Adzinov xabar qildi.
"Biz migratsiya sohasidagi qoidalarni tubdan oʻzgartiradigan katta qonun yozyapmiz. Bu chet el fuqarolarining kirishi, qolishi, ishlashi bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarga taʼsir qiladi va hozirda amalda boʻlgan bir qator hujjatlarni bekor qilishga olib keladi. Rejalarga koʻra, bu qonun 2024 yilda kuchga kirishi kerak ", - dedi Adzinov
Yangi qonunda quyidagi asosiy holatlar belgilangan boʻladi:
Rossiyaga kirishning asosiy ikkita turi: viza bilan va vizasiz; (hozirgi kunda xorijiy davtlar viza bilan kiradi, MDH fuqarolari - vizasiz kirish huquqiga ega)
chet elliklar uchun yagona hujjat joriy etiladi (biometrik maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron karta). Ushbu hujjat hozirda rasmiylashtirish talab etilayotgan barcha hujjatlar oʻrnini bosadi;
majburiy tibbiy sugʻurta doirasida migrantlarga tibbiy yordam koʻrsatish qoidalari oʻzgaradi (bugungi kunda ushbu sugʻurtadan faqat favqulodda va hayotiga xavf solishi mumkin boʻlgan holatlarda foydalanish mumkin);
Rossiyada migratsiya toʻgʻrisidagi yangi qonun bir necha yildan buyon ishlab chiqilmoqda. 2021 yilning mart oyida Migratsiya boʻlimi boshligʻi Valentina Kazakova Sputnik bilan boʻlgan intervyuda 2021 yil oxiriga qadar yangi qonun hukumatga taqdim etilishini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader