Dunyoda

"Tolibon"* qachon yangi elchilar tayinlanishini aytdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
"Tolibon"* chet davlatlar Afgʻoniston yangi hokimiyatini tan olganidan soʻng u yerda oʻz elchilarini tayinlashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. “Tolibon”* Afgʻoniston yangi hokimiyatini tan olgan mamlakatlardagina yangi elchilar tayinlaydi. Bu haqda Afgʻoniston muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Zabiulla Mujohid coʻzlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning taʼkidlashicha, harakat boshqa mamlakatlar tomonidan barvaqt tan olinishiga umid qiladi.
“Bu Rossiyaga ham tegishli. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Afgʻonistondagi yangi hukumat tan olinganidan keyin yangi elchi tayinlanadi” dedi u.
Avgust oyi boshida “Tolibon” * AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish vaqtida hukumat kuchlariga qarshi hujum boshladi va 15 avgustda Kobulga kirib keldi. 31 avgustga oʻtar kechasi Amerika Qoʻshma Shtatlari barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini eʼlon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi. Shundan soʻng, “Tolibon” * 20 yillik urush tugaganini va sentyabr oyining boshida harakat rahbarlariga asoslangan muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qildi.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader