Jamiyat

Toshkentda 5 nafar talabaning oʻlimi: sud hukm oʻqildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Toshkentda 5 talabaning zaharlanib vafot etishida ayblangan ijarachiga sud hukmi oʻqildi.
TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida poytaxtdagi ijara uyda besh talaba vafot etishi boʻyicha ish koʻrib chiqilib, sud hukmi oʻqildi.
Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod koʻchasidagi xonadonda 27 fevral kuni ijara asosida yashagan besh talabaning murdasi topilgandi.
Dastlab Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi (odam oʻlishiga sabab boʻlgan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bilan ish ochilgandi, biroq keyinroq jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 102-modda 2-qismiga (ehtiyotsizlik orqasidan ikki va undan ortiq odam oʻldirish) qayta malakalangan.
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Hodisalar
Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning oʻlimiga nima sabab boʻlgani ochiqlandi
Ish boʻyicha Toshkent shahrida tugʻilgan ayol (1964 yil tugʻilgan) sudlangan. Sud qarorida aytilishicha, ushbu ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan oʻzining yashash uyining qoʻshimcha qismini (toʻrt xonali uyning uch xonasi) talabalarning ijarada yashashi uchun ajratgan.
Respublika Sud tibbiyot ekspertizasi Toshkent shahar Morfologiya boʻlimining xulosasiga koʻra, ijarachilarning oʻlimiga is gazidan oʻtkir zaharlanish natijasida oʻtkir nafas va yurak, qon-tomir yetishmovchiligi sabab boʻlgani aniqlangan. Ularning qonida toksik kontsentratsiyasi turli foizlarda boʻlgan korboksi-gemoglabin moddasi topilgan.
Bundan tashqari, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2021 yil 23 apreldagi kompleks ekspertiza xulosasiga koʻra, uyning xonalarida oʻrnatilgan gaz uskuna va jihozlari texnik va meʼyoriy qoida talablariga asosan oʻrnatilmagani, amaldagi talablarga javob bermasligi, gaz uskuna va jihozlari oʻrnatish texnik talablariga javob bermasligi, gaz uskunasi va jihozlarining dudboʻronlari yonish mahsulotlarini chiqish yoʻnalishlari toʻgʻri oʻrnatilmagani amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlangan.
Ayni paytda qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi – uy egasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala