Toshkentda 5 nafar talabaning o‘limi: sud hukm o‘qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda 5 talabaning zaharlanib vafot etishida ayblangan ijarachiga sud hukmi o‘qildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida poytaxtdagi ijara uyda besh talaba vafot etishi bo‘yicha ish ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qildi.
Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasi Injobod ko‘chasidagi xonadonda 27-fevral kuni ijara asosida yashagan besh talabaning murdasi topilgandi.
Dastlab Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bilan ish ochilgandi, biroq keyinroq jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 102-modda 2-qismiga (ehtiyotsizlik orqasidan ikki va undan ortiq odam o‘ldirish) qayta malakalangan.
Ruka cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi
Ish bo‘yicha Toshkent shahrida tug‘ilgan ayol (1964 yil tug‘ilgan) sudlangan. Sud qarorida aytilishicha, ushbu ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan o‘zining yashash uyining qo‘shimcha qismini (to‘rt xonali uyning uch xonasi) talabalarning ijarada yashashi uchun ajratgan.
Respublika Sud tibbiyot ekspertizasi Toshkent shahar Morfologiya bo‘limining xulosasiga ko‘ra, ijarachilarning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida o‘tkir nafas va yurak, qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aniqlangan. Ularning qonida toksik konsentratsiyasi turli foizlarda bo‘lgan korboksi-gemoglabin moddasi topilgan.
Bundan tashqari, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2021-yil 23-apreldagi kompleks ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uyning xonalarida o‘rnatilgan gaz uskuna va jihozlari texnik va meyoriy qoida talablariga asosan o‘rnatilmagani, amaldagi talablarga javob bermasligi, gaz uskuna va jihozlari o‘rnatish texnik talablariga javob bermasligi, gaz uskunasi va jihozlarining dudbo‘ronlari yonish mahsulotlarini chiqish yo‘nalishlari to‘g‘ri o‘rnatilmagani amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlangan.
Ayni paytda qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi – uy egasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 3-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.
Yangiliklar lentasi
0