Xalqaro islom akademiyasi va Bulg‘or islom akademiyasi orasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

© Komitet po delam ReligiyVizit delegatsii Mejdunarodnoy islamskoy akademii v Tatarstan
Vizit delegatsii Mejdunarodnoy islamskoy akademii v Tatarstan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tatariston islom akademiyalari orasida ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
Islom akademiyasi rektori M.Komilov boshchiligidagi delegatsiya 23 sentabr kuni, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi Aynur Timerxonov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Komilov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hikoya qilib berdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasining tashkil etilishi, uning maqsad va vazifalari, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Akademiya huzurida tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida ham batafsil so‘zlab berildi.
Mezbonlar tomonidan O‘zbekistonda islom ilmlarini chuqur o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi va Bulg‘or islom akademiyasi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham ilmiy-ma’rifiy sohalarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi. Xususan O‘zbekiston va Tatariston ta’lim maskanlari orasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari yoqlashda hamkorlik qilish borasida amaliy kelishuvlarga erishildi.
© Komitet po delam ReligiyVizit delegatsii Mejdunarodnoy islamskoy akademii v Tatarstan
Vizit delegatsii Mejdunarodnoy islamskoy akademii v Tatarstan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Vizit delegatsii Mejdunarodnoy islamskoy akademii v Tatarstan
Yangiliklar lentasi
0