Jamiyat

Bolalar janjaliga aralashgan ota-onalar maʼmuriy jazoga tortildi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2021
Toshkentda 4 nafar ota-onalarga nisbatan "Mayda bezorilik" bandi boʻyicha maʼmuriy jazo belgilandi.
TOSHKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkentda bolalar janjaliga aralashgan ota-onalar maʼmuriy jazoga tortildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Xabarda aytilishiga koʻra, voqea 12 sentyabr kuni Chilonzor tumani 15-mavzesida sodir boʻlgan. Oʻzaro janjallashib qolgan yosh bolalarni ajratishga chiqqan qarindoshlar 51 yoshli Liliya YA., uning qizi 26 yoshli Diana I. va 32 yoshli Barnoxon R., uning turmush oʻrtogʻi 40 yoshli Jamshid R.lar oʻrtasida esa mojaro yuzaga kelgan. Kattalar bir-birini haqorat qilib, jamiyatda yurish turish qoidalarini buzishgan.
Shundan soʻng Liliya YA. Uchtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasi boʻyicha Liliya YA., Diana I., Barnoxon R., Jamshid R.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan (Mayda bezorilik) maʼmuriy bayonnoma tuzilib tuman sudiga taqdim etilgan.
Oʻzaro janjallashgan bolalardan hech kim sud tibbiy ekspertizadan oʻtmagan.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahar IIBB shahar aholisi va mehmonlarga quyidagi eslatma bilan chiqqan:
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlar! Siz oʻz harakatlaringiz bilan bolalarga oʻrnak boʻlasiz, ularga namunasiz. Farzandingiz kelajakda yaxshi inson boʻlib kamolga yetishi uchun avvalo oʻzingizni tarbiyalashdan boshlang. Qonunlarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini hurmat qilishda, ularga rioya etishda farzandingizga namuna boʻling!
P.S. Aytish joizki ushbu noxush hodisa Rossiya OAVlarigacha yetib keldi. Ular janjal millatchilik tufayli kelib chiqqanini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolahani keltirishgan. Shu vaqtga qadar sobiq Ittifoq hududida Oʻzbekiston eng mehmondust, millatchilik juda kam kuzatilgan respublikalar qatorida edi. Yuqoridagi kabi "videolavhalar", albatta, Oʻzbekiston imidjiga katta zarar yetkazadi. Birinchi navbatda buni Rossiyada oila boqish ilinjida yurgan 1,1 million mehnat migrantlari his qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala