Futzal: O‘zbekiston JCh 1/8 finalida Eronga mag‘lub bo‘ldi

© ArmsportFutzal
Futzal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston Eronga 8:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
TOShKENT, 25 sen - Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 finalida Eron jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
Milliy futzal jamoasning bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov so‘zlariga ko‘ra futzal bo‘yicha Eron jamoasi juda kuchli hisoblanadi. Jahon chempionati reytingida ushbu jamoa 3-4 o‘rinlarda turadi. O‘zbekiston jamoasi yutqazishiga sabab: mudofaada yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolar hamda hujumda amalga oshirilmagan imkoniyatlar bo‘ldi.

O‘zbekistonning bugungi mag‘lubiyatini ham munosib deb atash mumkin, chunki raqib juda kuchli edi, gollar farqi - bitta bo‘ldi. O‘yin hisobi 8:9, ikkala jamoa jami 17ta gol urishdi.

Gollar mualliflari: Xusniddin Nishonov (3ta gol), Dilshod Rahmatov dubl (2ta), Ixtiyor Ropiyev (1ta), Anasxon Rahmatov (1ta), Ilhomjon Hamroyev (1ta).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu Jahon chempionatida ilk bor pleyy-off bosqichigacha yetib kelgan edi. Ayni damda futzal bo‘yicha 1/4 finalga yetib kelgan jamoalar Portugaliya, Ispaniya va Eron.
Ushbu o‘yinning eng yorqin lahzaldarini Fifaning Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0