Jamiyat

FVV Nest One binosida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtishi haqida ogohlantirdi

© SkyskyperscityStroitelstvo samogo vыsokogo zdaniya v Tashkente Nest One
Stroitelstvo samogo vыsokogo zdaniya v Tashkente Nest One - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2021
Vazilik qidiruv, oʻt oʻchirish va tez yordam brigadalari ishtirkida boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulotlaridan aholidan sarosimaga tushmaslikni soʻradi.
TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun 25 sentyabr kuni "Toshkent-siti" hududida qutqaruv xizmatlarining oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtishi haqida ogohlantirdi.

"Bugun soat 11:00 da "Toshkent-siti" hududida joylashgan "Nest One" koʻp qavatli qurilish binosida oʻquv-taktik amaliy mashgʻuloti oʻtkazilishi belgilangan. Mashgʻulotda qidiruv-qutqaruv, yongʻin qutqaruv, tez tibbiy yordam berish texnikalari ishtirok etishini mʼalum qilamiz.

Shuning uchun aholidan tegishli amaliy harakatlardan xavotir va sarosimaga tushmaslik soʻraladi", - deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, Nest one Oʻzbekistonda qurilayotgan ilk osmonoʻpar bino boʻlib, uning balandligi 266,5 metrni tashkil qiladi. Binoning markaziy eng baland minorasi 51 qavatdan iborat boʻlib, uning ichida yashash xonadonlari, restoranlar, ofislar va hamda 5* mehmonxona boʻladi. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala