Lyuk Besson Toshkent kinofestivali ochilish marosimiga keladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPremyera filma "Valerian i gorod tisachi planet" v Moskve
Premyera filma Valerian i gorod tisachi planet v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
Dunyo kino sanoatining afsonalaridan biri "EuropaCorp" kinokompaniyasi asoschisi Lyuk Besson XIII Xalqaro Toshkent kinofestivalining ochilish marosimining mehmoni bo‘ladi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Fransiyalik kinorejisser, ssenariy muallifi, produser va yozuvchi Lyuk Besson “Ipak yo‘li durdonasi” - Toshkent xalqaro kinofestivaliga ashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Kinematografiya agentligi Sputnik muxbiriga.
Jahon kino san’ati afsonasi, “Taksi”, “Leon”, “Beshinchi element” kabi filmlar yaratuvchisi 28-sentabr kuni, Yangilangan Kino saroyida bo‘lib o‘tadigan XIII Xalqaro kinofestival ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ushbu marosimda rossiyalik taniqli kinorejisserlar Nikita Mixalkov va Timur Bekmambetovlar ham ishtirok etadi. Tadbirda shuningdek, Yelena Borisova, Valdis Pelsh, Artem Mixalkov, Pavel Priluchniy, Aleksey Chadov, Irina Pegova kabi rosiyalik aktor va boshlovchilar ishtirok etishadi.
Mashhur kino yulduzlari o‘zbekistonlik yosh kino ijodkorlari bilan master-klasslar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi hamda Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadigan "Rossiya kinosi kunlari”da ishtirok etishadi.
Yangiliklar lentasi
0