Migratsiya

Rus tili boʻyicha sertifikatlarni Oʻzbekistonda olish mumkin

© Tsentr zanyatosti "Ishga marxamat"Predstavitel RUDN vыdal sertifikatы uchitelyam russkogo yazыka v Buxare
Predstavitel RUDN vыdal sertifikatы uchitelyam russkogo yazыka v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2021
Buxoroda 44 nafar rus tili oʻqituvchilari RXDU (RUDN) sertifikatiga ega boʻlishdi. Endi ular Rossiyaga ishga borishga otlanayotgan mehnat migrantlarini oʻqishtishi va imtihon qabul qilishlari mumkin.
TOSHKENT, 25 sen – Sputnik. Kecha, 24 sentyabr kuni Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RXDU)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov 44 nafar rus tili oʻqituvchilariga sertifikatlar topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Endilikda RXDU metodikasi boʻyicha maxsus sertifikat egalari RFga ishlash niyatida boʻlgan mehnat migrantlarni oʻqitish va ulardan rus tili boʻyicha imtihonlarni qabul qilish huquqini oldilar.
Uchrashuv davomida Vobkent, Jondor, Qorakoʻl tumanlari va Buxoro shaxridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Federatsiyasida ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Sadoqat Sidiqova soʻzlariga koʻra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha testni endilikda Buxoro viloyatini tark etmasdan olish mumkin. Mazkur sertifikat Rossiya Federatsiyasi migratsiya xizmatlari tomonidan qabul qilinib, qonuniy faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan patent olishda qoʻl keladi.
© Tsentr zanyatosti "Ishga marxamat"Predstavitel RUDN vыdal sertifikatы uchitelyam russkogo yazыka v Buxare
Predstavitel RUDN vыdal sertifikatы uchitelyam russkogo yazыka v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2021
Predstavitel RUDN vыdal sertifikatы uchitelyam russkogo yazыka v Buxare
Eslatb oʻtamiz, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda RXDU oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik doirasida, oʻzbekistonlik rus tili oʻqituvchilari Rossiya universiteti tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar va oʻquv dasturlari boʻyicha qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtib, sertifikatlar topshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan. 22 Sentyabr kuni Samarqandda ham 700 nafar rus tili oʻqituvchilarga ana shunday sertifikatlar topshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala