Oltinchi "Afrosiyob" tezurar poyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi

© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"V Tashkent pribil poyezd Afrosiyob
V Tashkent pribil poyezd Afrosiyob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
"Afrosiyob" tezurar poyezdining oltinchisi O‘zbekistonga sentabr oyining oxirida yetib keladi.
TOShKENT, 25 sen - Sputnik. "Afrosiyob" rusumli zamonaviy tezurar poyezdlarning oltinchisi Rossiyadan O‘zbekiston tomon yo‘l oldi, deb xabar qilmoqda O‘TY matbuot xizmati.
Bugun Moskva vaqti bilan soat 05:00 da mazkur "Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdi Rossiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi. Poyezd sentabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonga yetib keladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Afrosiyob" tezurar poyezdi O‘zbekistonga ilk bor 10-yil oldin olib kelingan edi. Mustaqillik bayramining 30-yilligi arafasida ana shunday zamonaviy poyezdlar soni 5 ta yetkazilgan edi.
© Press-slujba AO "Uzbekiston temir yullari"V Tashkent pribil poyezd Afrosiyob
V Tashkent pribil poyezd Afrosiyob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
V Tashkent pribil poyezd Afrosiyob
Yangiliklar lentasi
0