Toshkentda zamonaviy san’at festivali bo‘lib o‘tmoqda

© Xokimiyat g. TashkentaV Tashkente nachalsya art-festival "48-chasov Tashkent"
V Tashkente nachalsya art-festival 48-chasov Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda "RestArt" yoki "San’atda dam oling" mavzusida zamonaviy san’at festivali o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkentda “48 soat Toshkent. RestArt” nomli zamonaviy san’at festivali ish boshladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati.

Bu zamonaviy san’atning xilma-xilligini o‘zida mujassam etgan o‘ziga xos san’at bayramidir. Festival doirasida tasviriy san’at asarlari, fotosuratlar, installyatsiyalar, sahnalar, raqs va ovozli kompozitsiyalar namoyish etiladi, - deyilgan xabarda.

Festivalnning umumiy mavzuyi - "RestArt". Ingliz tildan buni "yangilanish", "qayta ishga tushish" deb tarjima qilish mumkin. Bu bilan tashkilotchilar zamonaviy san’at asarlariga nisbatan inson qarashlarini o‘zgartirish, balkim yangidan qarashni taklif qilmoqchilar.
Festival nomining ikkinchi ma’nosi "rest+Art" — "damo olish va san’at" degani, yoki "san’atda dam olish" deb tushunish mumkin. Dam olish kunlari bo‘lib o‘tayotgan festival tashkilotchilari Toshkentning madaniy hayoti bilan tanishishni ham taklif qilishmoqda.
Namoyishlar Toshkentning galereyalari, ko‘rgazma zallari, etno-parki, teatri, ustaxonalari, yo‘l osti yo‘laklari kabi 14 manzilida ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi. Festival tafsilotlari bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Festival Gote institutining "Markaziy Osiyo Madaniy akademiyasi" loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
© Xokimiyat g. TashkentaV Tashkente nachalsya art-festival "48-chasov Tashkent"
V Tashkente nachalsya art-festival 48-chasov Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
V Tashkente nachalsya art-festival "48-chasov Tashkent"
Yangiliklar lentasi
0