Afsonaviy aktor Stiven Sigal Toshkentda mahorat darslarini o‘tadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAkter Stiven Sigal
Akter Stiven Sigal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Obuna bo‘lish
Stiven Sigal “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘ladi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Amerikalik taniqli aktor, kinoproduser, ssenarist, kinorejissor Stiven Sigal “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Stiven Sigal Toshkent xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘lib, u Samarqand viloyatidagi yangi Family Park kinoteatrini ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Aktor festival doirasida kinoaktorlik va rejissura bo‘yicha bir qator mahorat darslarini o‘tadi”, - deyilgan agentlik xabarida.
Nachal rabotat shtab rabochey gruppi Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Jahon kino yulduzlarining Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentabrdan 3-oktabrgacha o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0