Jamiyat

Oʻzbek-tojik doʻstligi ramzi: Rishtonda ochilgan bogʻchadan Sputnik reportaji

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Eksklyuziv
Rishton tumanida Tojikiston hukumati qurib bergan 200 oʻringa moʻljallangan ikki qavatli bolalar bogʻchasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Sentyabr oyi oxirida, shu haftada Fargʻona viloyatining koʻhna Rishton tumanida 200 oʻringa moʻljallangan ikki qavatli bolalar bogʻchasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirni, ayniqsa, mahalliy aholi intiqlik bilan kutganini tashrif buyuruvchilar sonidan hamda toʻplangan aholining bir-biriga: “Butun Rishton shu yerda-ku, prezident kelsa kerak-da, a?” degan savolomuz murojaatlaridan ilgʻab olish mumkin edi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
"Kapalak" deb nomlangan ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotini barpo etishda odatiy loyihalardan voz kechilgan. Bogʻcha oʻz nomiga monand ravishda - kapalaksimon shaklda qurilgan rang-barang inshoot boʻlib, tomoshaga kelganlar "juda chiroyli-ku", deya hayratini yashirolmadilar. Sezish qiyinmas-ki, yangi bogʻcha mamlakatda hukm surayotgan kuzning bulutli kunlarida ham rishtonliklar kayfiyatini koʻtarishi aniq.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
MTTning ochilish marosimini yoritish uchun tadbirga kelgan rishtonlik bloger, pechkachi sifatida tanilgan Dima Qayum bugungi voqea oʻzi uchun “kutilmagan” boʻlganini tan oladi. “Toʻgʻrisi, kun kelib, Tojikiston hukumati Oʻzbekistonda bogʻcha quradi, deb hecham oʻylamaganman, kutmaganman. Bu voqeani tarixiy voqea, deb eʼtirof etsak, toʻgʻriroq boʻlardi. Oʻzbek-tojik millatlari doʻstligining bunday ramzlari mamlakatda koʻpayaversin, qishloq joylarimizda mana shunday bogʻchalar yosh avlodlarimiz uchun qurilsa, shaxsan men juda xursand boʻlardim”, - deydi u Sputnik muxbiri bilan suhbat davomida.
Albatta, yosh avlod, rishtonlik bolajonlar bogʻchaning tashqi koʻrinishi, obʼyekt goʻzalligidan taʼlim olmaydilar. Yangi ochilgan 63-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tanlov asosida jami 53 nafar xodim ishga qabul qilingan, ulardan 12 nafari oliy maʼlumotli pedagog.
Qolaversa, bogʻchada bolalarni keyingi bosqich - maktabga sifatli tayyorlash uchun barcha-shart-sharoitlar yaratilgan.
Bogʻcha ochilishi marosimida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan bosh qahramonlar – diplomatlardan tortib, vazirlar, Fargʻona viloyati hokimiyati vakillarigacha boʻlgan oliy mehmonlar toʻplangan aholi oldida chiqish qilib, oʻzbek-tojik xalqlarining azaliy doʻstligi haqida soʻzlar ekan, ikki xalq doʻstligining yorqin namunalari boʻlgan ikki buyuk siymo – Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodidan namunalar oʻqib berdilar. Tadbir salkam mushoiraga aylandi va aholining davomli qarsaklari bilan olqishlandi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Va nihoyat, uzoq kutilgan ochilish marosimi boshlandi. Shu bogʻchaga farzandlarini olib keladigan ota-onalarni shaxsan qutlagani kelgan Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin oʻz nutqida bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davrda oladigan taʼlimi, uning keyingi hayot bosqichlarida muhim rol tutishi haqida gapirdi.
Vazir Shinning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda taʼlim 7ta tilda, jumladan, tojik tilida olib boriladi. Respublikada tojik tilida taʼlim olib boriladigan 256ta maktab va 52ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud. “Kapalak” MTT esa 53-sonli shu yoʻnalishdagi bogʻcha boʻladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Vazir yangi bogʻcha bolalar bilim olishlari, maʼnan va jismonan kamol topishlari uchun ajoyib imkoniyatlar makoni boʻlishiga qatʼiy ishonch bildirdi.
“Kapalak" - ikki birodar xalq oʻrtasida xalqlar doʻstligi ramzi boʻlib qoladi. Yer sayyorasida insonlar hamisha bir-birlari bilan doʻst boʻlishlari, farzandlarimiz yuzidan tabassum arimasligi va bolalarimiz albatta bogʻchaga borishlari shart”, deya oʻz nutqiga yakun yasadi Agrippina Shin.
Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ham tadbir davomida soʻzga chiqib, barcha toʻplanganlarni ushbu maktabgacha taʼlim muassassi ochilishi marosimi bilan Tojikiston hukumati nomidan chin qalbdan tabrikladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
Posol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Posol Tadjikistana v Uzbekistane Abdudjabbor Raxmonzoda
Rahmonzoda oʻz chiqishida, nega bogʻcha aynan koʻhna Rishton tumanida barpo etilganiga aniqlik kiritib oʻtdi. Diplomatning taʼkidlashicha, Fargʻona viloyati - tojik va oʻzbek xalqlarini tarixan birlashtirgan zamin sanaladi.
"Sobiq shoʻrolar davrida fargʻonaliklar Tojikistonning yuksalishi, koʻplab sohalarda rivojlanishiga katta hissa qoʻshganlar. Fargʻonalik mirishkor dehqonlar Tojikiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshib kelmoqdalar. Fargʻonalik dehqonlar maktabi tojikistonlik dehqonlar uchun ibrat maktabi hisoblanadi", - deya qayd etdi siyosatchi.

"Bugungi voqea - ikki mamlakat prezidentlarining oʻzbek va tojik doʻstligiga keng eʼtibor qaratishlari natijasi, bu doʻstlik va hamkorlikning asosiy ildizi va samarasidir", - dedi elchi oʻz nutqi yakunida.

Tojikiston va Oʻzbekiston taʼlim sohasida ahil qoʻshnichilik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash kabi azaliy anʼanalar asosida ish yuritadilar.
Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Imomzoda Mahmadyusufning taʼkidlashicha, aynan shunday anʼanalar asosida ikki davlat bir nechta yirik taʼlim loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq boʻldilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadyusuf Imomzoda
Ministr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadyusuf Imomzoda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Ministr obrazovaniya i nauki Tadjikistana Muxammadyusuf Imomzoda
Jumladan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga tashriflaridan soʻng “ikki xalqning xohish-istaklarini hisobga olib, namoyon etilgan qatʼiy siyosiy iroda” tufayli erishilgan kelishuvlar doirasida Samarqand viloyati Urgut tumanida Tojikiston hukumati mablagʻi hisobiga taʼlim muassasasi barpo etilgan boʻlsa, bunga javoban Tojikistonning Soʻgʻd viloyati Spitamen tumanida Oʻzbekiston hukumati hisobiga qurilgan taʼlim muassasasi oʻz ishini boshladi va bu ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari taraqqiyotining yorqin va noyob koʻrsatkichi sanaladi, dedi Imomzoda.
"Kapalak" bolalar bogʻchasining qurilishi 2019 yilning mart oyida boshlangan. Obʼyekt barcha xalqaro talablarga javob beradi va bolalar sifatli taʼlim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bino ikki qavatdan iborat boʻlib, 200 tarbiyalanuvchini oʻz bagʻriga oladi. Bogʻchada 16ta oʻquv sinflari mujassam. Shuningdek, birinchi sinfga qadam qoʻyadiganlar uchun alohida tayyorlov xonalari ham bor.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Bundan tashqari, oʻyin xonalari, tibbiyot xonasi, oshxona, tarbiyalanuvchilar uchun alohida xona, kiyim almashtirish xonasi va boshqa tegishli xonalar mavjud.
Ikki yildan sal oshiq muddat qurilgan MTTga 1,4 mln dollar mablagʻ sarflangan.
Tantanali ochilish marosimi raqs va oʻyin-kulgiga aylanib ketdi. Oʻzbegu tojik kuylari, ashulalariga barcha yigʻilganlar birday raqsga tushdi... Shunday qilib, kelajakni koʻzlab, avlodlar koʻnglida doʻstlik rishtalarini mustahkamlash uchun boshlangan tadbir shu kunning oʻzidayoq oʻz hosilini bera boshladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada Kapalak
v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada "Kapalak" v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti
Aytgancha, rishtonliklar kutgan prezident nega bogʻchaning ochilish marosimida qatnashmagani haqida.
24 sentyabr kuni Oʻzbekiston rahbari oʻz ish rejasi jadvaliga koʻra, koʻhna Samarqand viloyatiga saylovchilar bilan uchrashish uchun joʻnab ketgan edi.
Mirziyoyev garchi, Rishtonga kela olmagan boʻlsa-da, biroq xalq bilan uchrashuvda qoʻni-qoʻshnichilik, doʻstlik rishtalari haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Tojikistonga borganimizda qancha uchrashuvlar oʻtkazganimizdan xabaringiz bor. Turkmaniston prezidenti, hurmatli Gurbanguli Berdimuhamedov oʻsha yerda Oʻzbekistonga tashrif buyurishini maʼlum qildi. Suv masalasida, chegara masalasida juda muhim muammolarni yechib olishimiz kerak. Qirgʻiziston bilan chegara muammosini sobiq prezident Almaz Atamboyev bilan 57 foizga hal qilgan edik. Qolgan qismini amaldagi prezident Sadir Japarov bilan yechyapmiz. <...> Rivojlangan, yirik davlatlar bilan doʻstona aloqalar oʻrnatmoqchi boʻlsak, ular bizga – agar oʻz qoʻshnilaring bilan doʻst boʻla olmasang, qanday qilib bizga doʻst boʻlasan, demaydimi?”
Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqanddagi uchrashuvda aytgan gaplaridan iqtibos. Iqtibosdagi oxirgi gap esa prezident Mirziyoyevning qoʻshni davlatlar bilan munosabatda amalga oshirayotgan siyosati bosh gʻoyasining eng sodda ifodasidir.
Mintaqadagi davlatlar joylashuvi, iqlim va shart-sharoitning oʻzi Markaziy Osiyo davlatlarini bahamjihat yashashini talab qiladi. Yaʼni, muammo va masala har doim boʻladi. Asosiysi, millatlarning bir-birini tushunishi va yuzaga kelayotgan masalalarni oʻzaro kelishgan holda hal etib borishi. Buning uchun esa nafaqat muammolarni hal etish, avlodlarni shu ruhda tarbiyalash lozim. Chunki ular har doim yonma-yon yashaydilar.
Tseremoniya otkrыtiya detskogo sada v Rishtanskom rayone Ferganskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Jamiyat
Rishton tumanida Tojikiston mablagʻi hisobidan qurilgan bogʻcha ochildi
Kelajak avlod mintaqa yagona uylari ekanini his etib yashashlari kerak.
Mintaqaning siyosiy rahbarlari "bugun va hozir", degan aqidaga oʻralashib qolmay, ertangi kun, kelajak avlod haqida ham oʻylashayotgani olqishga sazovor.
Bir soʻz bilan aytganda, mintaqada qardoshlik, doʻstlik va oʻzaro ishonch ruhini mustahkamlash borasida xayrli ishlar qilinmoqda. Bunda ayniqsa, bolalar darajasidagi tadbirlarning samarasi hammasidan taʼsirchan va mustahkam boʻlishi shubhasiz. Chunki ularning jajji ongiga singdirilgan doʻstlik va ishonch urugʻlari bir kun kelib millatlar miqyosida oʻz hosilini beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala