Hodisalar

“Odnoklassniki”da taqiqlangan materiallarni joylashtirgan namanganlik yigit qoʻlga olindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Namanganda 24 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali terrorchilar taʼsiriga tushib qolgan.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Namangan viloyatida ijtimoiy tarmoq orqali terrorchilar taʼsiriga tushib qolib, ularga tegishli materiallarni tarqatgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi va viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tezkor-texnik tadbir oʻtkazgan. Unda “Odnoklassniki” foydalanuvchisi “Imom al-Buxoriy katibasi” xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi gʻoyalar aks etgan videomateriallarni oʻz sahifasiga joylashtirgani aniqlangan.
Naruchniki visyat na dvernoy ruchke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Hodisalar
Toshkent viloyatining uch hududida bir guruh ekstremistlar qoʻlga olindi
Maʼlumotni tekshirish vaqtida u Namangan viloyatida yashovchi 24 yoshli fuqaro I.A. ekani aniqlangan va u qoʻlga olingan.
Hozir fuqaro I.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala