Sport

Oʻzbekistonlik harbiy bokschilar Jahon chempionatida 7 ta medalga ega chiqishdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaPredstaviteli Uzbekistana na chempionate mira po boksu sredi voyennыx zavoyevali 7 medaley
Predstaviteli Uzbekistana na chempionate mira po boksu sredi voyennыx zavoyevali 7 medaley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Moskvadagi harbiy bokschilar oʻrtasida Jahon chempionatida Oʻzbekiston vakillari 7 ta medalni qoʻlga kiritishdi, shulardan 3 tasi oltin.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. 18-25 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar oʻrtasida Jahon chempionati tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston vakillari 7 ta medalni qoʻlga kiritishdi, shulardan 3 tasi oltin. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Musobaqada jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan.
Terma jamoa safida Shunqor Abdurasulov (-60 kg), Lazizbek Mullojonov (+91 kg) va Mavluda Mavlonova (-75 kg) chempion boʻlib, oltin medal sovrindorlari boʻlishdi.
Mujibillo Tursunov (-64 kg) kumush, Aziza Yoqubova (-51 kg), Rayhona Qodirova (-60 kg) va Navbahor Hamidova (-69 kg) esa bronza medalni qoʻlga kiritishdi.
Boks, bokserskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Sport
Oʻzbekiston harbiy bokschilari Jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader