Rossiyada o‘n bir nafar o‘zbekistonlik o‘limida ayblanayotgan ayol qamaldi

© Press-slujba Sledstvennogo komiteta RF po Tomskoy oblastiDirektor kompanii po pererabotke drevesini "Grin Vud" Sun An
Direktor kompanii po pererabotke drevesini Grin Vud Sun An - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Obuna bo‘lish
Yog‘ochni qayta ishlash “Grin Vud” kompaniyasi direktori to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiyaning Tomsk viloyatida 11 nafar o‘zbekistonlikning o‘limida ayblangan ayolga sud hukmi e’lon qilindi.
Tomsk viloyati Asinovo shahar sudi yog‘ochni qayta ishlash “Grin Vud” kompaniyasi direktori Sun Anni to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. U jazoni manzil-koloniyada o‘taydi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya direktori xodimlariga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan binoda yashashni tashkil qilgan. Oqibatda 2020-yilning yanvarida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan, 11 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Samolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2020
Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan 10 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga olib kelindi
Sud ayolni yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatishda aybdor deb topgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yanvarida Rossiyaning Tomsk viloyatida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0