Hodisalar

Sirdaryoda topilgan 97 mln dollarlik xazina TikTok foydalanuvchisining uydirmasi boʻlib chiqdi

© Sputnik / Ilya PitalevZagotovki dlya chekanki monet
Zagotovki dlya chekanki monet  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Fuqaro obunachilarini koʻpaytirish maqsadida temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga boʻyab chiqqan.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Navroʻz mahallasida qurilish olib borayotgan ustalar tomonidan 16 metr chuqurlikda qiymati 97 mln dollarlik qadimiy buyumlar topib olingani aytilgan video tarqaldi.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, holat yuzasidan IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan.
Ijtimoiy tarmoq orqali soʻkingan navoiylik oʻquvchi qizlar uzr soʻradi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Hodisalar
“Xurmacha qiliqlar”: ijtimoiy tarmoq orqali soʻkingan oʻquvchi qizlarga chora koʻriladi
Aniqlanishicha, Navroʻz mahallasida yashovchi YU.A. obunachilarini koʻpaytirish maqsadida temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga boʻyab chiqqan. Keyin buni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Viloyat IIB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga aholi oʻrtasida yolgʻon maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader