Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi

© AFP / AAMIR QURESHIBoytsы talibov
Boytsы talibov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
“Tolibon”* harakati vakilining soʻzlariga koʻra, bunday chora xavfsizlik tahdidini bartaraf etishga qaratilgan.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yubordi. Bu haqda radikal harakat vakili Zabiulloh Mujohid maʼlum qildi.
“Oʻnlab Islom amirligi maxsus xizmat boʻlinmalari () Taxorda joylashtirildi... oʻn minglab maxsus xizmatchilar joylashtirildi”, - deya yozgan Mujohid Twitterʼda.
Uning soʻzlariga koʻra, bunday chora xavfsizlik tahdidini bartaraf etishga qaratilgan.

Afgʻonistondagi vaziyat

Avgust oyi boshida toliblar Afgʻoniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirgan edilar, 15 avgust kuni ular Kobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugaganini eʼlon qilishdi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qoʻrigʻida boʻlgan Kobul aeroportidan Gʻarb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon
31 avgustga oʻtar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afgʻonistondagi 20 yillik faoliyatiga chek qoʻyildi. 6 sentyabr kuni toliblar janglardan soʻng 34 afgʻon viloyatining eng soʻnggisi - Panjsher ular nazoratiga oʻtgani haqida bayonot berdi.
Ertasi kuni Afgʻoniston muvaqqat hukumati tarkibi eʼlon qilindi. “Tolibon”*ning birinchi hukmronligi vaqtida TIV rahbari kursisini egallagan va 2001 yildan buyon BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala