Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon”* Tojikistonni Afgʻonistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

© AP Photo / Alexander ZemlianichenkoI.o. zamglavы sformirovannogo dvijeniyem "Taliban"* pravitelstva Afganistana Abdul Gani Baradar
I.o. zamglavы sformirovannogo dvijeniyem Taliban* pravitelstva Afganistana Abdul Gani Baradar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Toliblar hukumati aʼzosi Abdul Gʻani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashyotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. “Tolibon”* harakati tomonidan tashkil etilgan Afgʻoniston hukumati raisi oʻrinbosari vazifasini ijro etuvchi Abdul Gʻani Barodar Tojikiston mamlakat ichki ishlariga aralashyotganini maʼlum qildi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Tojikiston ishlarimizga aralashmoqda. Har bir harakatga qarshi harakat mavjud”, - degan Barodar.
Qayd etish joizki, Tojikiston bir necha marta toliblar Afgʻonistonning turli millatlaridan tashkil topgan inklyuziv hukumat tuzishlari kerakligi haqida bayonot bergandi.
Avvalroq toliblar Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yuborgani xabar qilingan edi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Dunyoda
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afgʻoniston muammolariga boʻlgan beparvoligini tanqid qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala