Dunyoda

Ashraf Gʻani Facebook᾽dagi sahifasiga hujum uyushtirilganini maʼlum qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtish Bыvshiy prezident Afganistana Ashraf Gani
 Bыvshiy prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Avvalroq Facebook᾽da sobiq prezident goʻyoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo boʻlgan edi.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Afgʻonistonning sobiq prezidenti Ashraf Gʻanining Facebook᾽dagi sahifasi hujumga uchradi. Bu haqda siyosatchining Twitter᾽dagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
“Ashraf Gʻanining Facebook᾽dagi rasmiy sahifasi hujumga uchradi. Unda kechadan boshlab joylashtirilgan xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, - deyilgan bayonotda.
Avvalroq Gʻanining Facebook᾽dagi sahifasida sobiq prezident goʻyoki xalqaro hamjamiyatni toliblar hukumatini tan olishga chorlayotgani haqidagi xabar paydo boʻlgan edi. “Xalqaro hamjamiyat afgʻon xalqini ajratib qoʻymasdan hozirgi hukumat bilan hamkorlik qilishi kerak. Yordam bering <...> va uning tan oling”, - deyilgan xabarda.
15 avgust kuni "Tolibon" vakillari Kobulni qurshab olgach, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf Gʻani Afgʻonistonni tark etgan edi. Hozir u Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Dunyoda
Tolibon* Afgʻoniston sobiq prezidenti olib qochgan mablagʻlarni qaytarishni talab qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala