BMT bosh kotibi: insoniyat yadroviy yo‘q qilinish xavfiga yaqin kelib qolgan

© Sputnik / Roman Maxmutov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga ko‘ra, yadroviy qurol bilan bog‘liq masalalarni konstruktiv ruhda hal qilish lozim
TOShKENT, 27 sen ― Sputnik. Insoniyat avvalgidek yadroviy yo‘q qilinish xavfiga o‘ta yaqin turibdi, deb bayonot berdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.
U o‘zining Twitterdagi sahifasida butun dunyoda 14 ming donaga yaqin yadroviy qurol borligini ta’kidlagan. Falokatning oldini olish uchun "mazkur masalaga yechim topish zarur", deb hisoblaydi Guterresh.
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2020
Germaniya yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda – Bild
"Yadroviy mojaro bulutlarini batamom tarqatib yuborish, koinotimizni yadroviy quroldan xalos qilish va yangi ishonch va tinchlik davri haqida e’lon qilish vaqti keldi", - deb yozib qoldirgan BMT bosh kotibi.
Eslatib o‘tamiz, yadroviy qurolni to‘liq yo‘q qilish uchun xalqaro kurash kuni 26-sentabrda nishonlanadi. BMT yadroviy quroldan batamom qutulish kerak, deya hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0