Dunyoda

BSST koronavirus kelib chiqishi boʻyicha surishtiruvlarni qayta tiklaydi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyZdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.
Zdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus kelib chiqishini oʻrganadigan mutaxassislarning yangi jamoasini toʻplamoqda
TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasiga sabab boʻlgan virus kelib chiqishini oʻrganish ishlarini qaytadan tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
BSST vakillari taʼkidiga koʻra, pandemiyani yuzaga keltirgan sabablarning aniqlanishiga juda oz qolgan. Xitoy ushbu tashabbusiga qarshi chiqishi mumkinligiga qaramasdan, tashkilot 20 nafar olimdan iborat yangi jamoani toʻplashni rejalashtirmoqda. Ular safidan laboratoriya xavfsizligi va biohimoya, shuningdek, jonivorlar kasalliklari boʻyicha mutaxassislar oʻrin olishi kutilmoqda.
Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Dunyoda
Uxanda olimlar 2018 yilda koʻrshapalaklarga koronavirus yuqtirmoqchi boʻlishgan-OAV
Bundan oldingi olimlardan iborat xalqaro guruh XXRda yanvar oyi oʻrtalaridan fevralgacha boʻlgan edi. Ular Uxan virusologiya institutida, jumladan, virus sizib ketgani taxmin qilingan BSL-4 laboratoriyasi, "Xuanan" dengiz mahsulotlari bozori hamda kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazida boʻlgan edilar.
Yakuniy hisobotga koʻra, SARS-CoV-2, katta ehtimol bilan, insonga koʻrshapalakdan boshqa hayvonlar orqali oʻtgan: oʻxshash patogenlar pangolinlarda ham aniqlangan.
Biroq, BSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus virus manbasi aniqlanmagani bois, virusning laboratoriyadan sizib chiqqani aytilgan versiyani oʻrganishni davom ettirishga chaqirgan.
Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2020
Dunyoda
Koʻrshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri
Avgust oyi oxirida amerika razvedkasi SARS-CoV-2ning kelib chiqishi toʻgʻrisida Jo Bayden uchun tayyorlagan hisobotdan ayrim maʼlumotlarni eʼlon qilgandi. Amerika razvedkasiga koʻra, koronavirus biologik qurol sifatida yaratilmagan boʻlishi mumkin, Xitoy hukumati ham ehtimol, u haqda kasallik avj olmaguncha bilmagan.
Biroq, shunday boʻlsa-da, surishtiruv ishtirokchilari yakuniy bir xulosaga kela olishmagan.
Oʻz navbatida, Pekin, COVID-19 mavzusida ochiq va masʼuliyatli pozitsiyani egallagani haqida koʻplab marotaba taʼkidlagan. XXR Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, pandemiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran Xitoy zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshlagan va patogenni aniqlab, barcha muhim maʼlumotlarni chop etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala