Turizm

Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoroga parvozlar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Samolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Vengriya Oʻzbekistonning Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar amalga oshirilishiga qiziqish bildirmoqda.
TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Vengriya hukumati Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish boʻyicha aniq chora tadbirlarni qabul qilish masalalarini muhokama qildi.
Podpisaniye dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Vengriya qaysi sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi
Uchrashuv chogʻida tomonlar “WizzAir” aviakompaniyasi tomonidan Budapesht – Samarqand yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarini yoʻlga qoʻyilishini ham muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, Vengriya TIV rahbari Budapeshtdan Oʻzbekistonning Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi yirik shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar amalga oshirilishiga qiziqish bildirdi.
Oʻzbekiston tomoni yaqin vaqt ichida Vengriya aviatashuvchisiga ushbu reysni ishga tushirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader