Fransiya prezidentiga tuxum otishdi - video

© AFP 2023 / LUDOVIC MARINPrezident Fransii Emmanuel Makron
Prezident Fransii Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Erkak “Yashasin inqilob” deb baqirib, Makronga qarata tuxum uloqtirdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Lionda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tuxumga o‘xshagan narsani otishdi, deb xabar qildi Lyon Mag mahalliy nashri.
Hodisa Fransiya yetakchisining Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida yuz berdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, noma’lum kimsa davlat rahbariga qarata yumaloq narsani tashladi, u Makronning yelkasidan sakrab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu tuxum bo‘lgan.
"Prezident xavfsizlik xizmati darhol yigitni qo‘lga oldi, u " Yashasin inqilob!" deb baqirgan edi”,- deyiladi maqolada.
Makron o‘z jamoasiga sabablarini bilish uchun bu odam bilan uchrashish haqida topshiriq berdi.
Bu Makron bilan yuz bergan birinchi bunday hodisa emas. Iyun oyining boshi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Drom departamentiga tashrif buyurgan chog‘ida bir kishi uning yuziga tarsaki tushirgandi‌‌. Sud hujum qilgan kishiga 4 oy qamoq jazosini tayinladi.
Yangiliklar lentasi
0