“Gvardeyskiy GAIdagi holat”: IIBB video yuzasidan bayonot berdi

© Press-slujba GUVD TashkentaZdanie GUVD Tashkenta
Zdanie GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda poytaxtdagi YHXB tumanlararo imtihon bo‘linmalaridan birida hosil bo‘lgan navbat aks etgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Internet tarmog‘ida “Gvardeyskiy GAIdagi holat” sarlavhali video tarqamoqda. Videoda Toshkent shahar IIBB YHXB tumanlararo imtihon bo‘linmalaridan birida hosil bo‘lgan navbat aks etgan.
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Toshkentda 1 gektar yerni 200 ming dollarga olib berishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi 6079-son PF “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2021 yildagi 431-son “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida"gi Qaroriga ko‘ra yurtimizda raqamli iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shu jumladan, 2021-yilning 14-sentabr kuni ma’muriy amaliyot tizimlari va transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ustidan ishlar o‘tkazildi. Ishlar yakunlanmagani sababli 17-sentabrdan 19-sentabrga qadar, hamda 24-sentabr va 25-sentabr kunlari tizimning O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFRBB (Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi) axborot bazalari bilan almashish serveri faoliyatida uzilishlar kuzatildi.
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyilgan IIBB bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0