Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanish holati rekord darajada pastladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 21-iyundan beri eng past ko‘satgich – 403 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172 493 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekistonda kasallanish holati rekord darajada pastladi.
Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 403 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172 493 nafarni tashkil qilmoqda.
Nyu-York vo vremya rejima ChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Moderna rahbari koronavirus pandemiyasi tugashi haqida bashorat qildi
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29), Andijon viloyatida (10), Buxoro viloyatida (6), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (4), Namangan viloyatida (15), Samarqand viloyatida (36), Sirdaryo viloyatida (9), Surxondaryo viloyatida (15), Farg‘ona viloyatida (29), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (90), Toshkent shahrida (141) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Pnevmoniya holatlari
68 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26 980 nafarga yetdi. 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 225 nafarga yetdi.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 167 199 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1225 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 230,6
milliondan oshdi, 4,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (43,7 mln), Hindistonda (33,6 mln), Braziliyada (21,3 mln).
Yangiliklar lentasi
0